Forbes eng ko‘p daromadga ega bo‘lgan rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Milliarderlar reytingidan farqli ravishda, ushbu ro‘yxatda aktivlar sotilishi yoki dividendlar tariqasidagi real mablag‘lar hisobga olinadi.
Alisher Usmonov mazkur ro‘yxatda 1,1 milliard dollar daromad bilan beshinchi o‘rinni egalladi. Ushbu summa “Metalloinvest”dan olingan dividendlar va Londonning “Arsenal” futbol klubidagi ulushning sotilishi natijasida hosil bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov eng ko‘p daromadga ega bo‘lgan rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida o‘tgan yili o‘ninchi o‘rinda qayd etilgandi.
Izoh (0)