15-mart kuni Andijon tumani “Nuxatak” mahalla fuqarolar yig‘iin Dum ko‘chasida joylashgan uyda gaz portlashi yuz berdi, deya xabar bermoqda IIV.
Uyda fuqaro S.K. va uning rafiqasi N.N. elektr chirog‘ini yoqqan vaqtda gaz plitasidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
“Natijada S.K. va N.N.lar kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)