Milliy gvardiya maxsus bo‘linmalarida xizmat qilayotgan bir guruh ayol harbiy xizmatchilar Chotqol tog‘ tizmasining Chimyon tog‘ bag‘irlarida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unda ayol harbiy xizmatchilar dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylashgan o‘quv mashg‘ulot maydonchasida chang‘i uchish va o‘q otish tayyorgarligi, qoyalar va tabiiy tog‘ to‘siqlaridan o‘tish mashqlarini bajargan.
Mashg‘ulot qatnashchilari uch kun davomida havo harorati 4—6 daraja bo‘lgan tog‘ sharoitidagi og‘ir holatlarda bardoshlilik, aholiga tezkorlik bilan yordam berish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini hamda jangovar harakatlarni bajarish tajribasini oshirishga qaratilgan vazifalarni bajargan.
Izoh (0)