2019-yil 12-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Zangi qishlog‘ida yashovchi N.M. uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashovchi akasi I.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada aka kasalxonaga yotqizilib, N.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)