Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Chuqursoy” mahsulotlarni sertifkatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish sinovi jarayonida yashil no‘xot konservasi nomuvofiq deb topildi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ekspertlarning bildirishicha, “Alfa Trade and Distribution” hamda “Garmoniya Food Trade” MChJ tomonidan respublika ichki iste’mol bozorlariga 450 million so‘m miqdoridagi mahsulotlar olib kirilishiga chek qo‘yilgan.
Izoh (0)