12-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yini doirasida “Yuventus” o‘z uyida “Atletiko Madrid”ni qabul qildi.
Turinliklar safida Krishtianu Ronaldu 27, 48 va 86-daqiqalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Ta’kidlash joiz, portugaliyalik hujumchi dastlabki 2 ta golini boshi bilan darvozaga kiritgan bo‘lsa, oxirgisini penaltidan ishg‘ol qildi (3:0).
Shu tariqa Massimiliano Allegri shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Diyego Simeone jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqaning navbatdagi bosqichiga chiqdi.
YChL
1/8 final bahslari
12-mart, seshanba
“Yuventus”—“Atletiko Madrid” 3:0 (0:2)
Gollar: 1:0 — 27 Ronaldu, 2:0 — 48 Ronaldu, 3:0 — 86, penalti, Ronaldu“Yuventus”: Shesni, Kanselu, Kyellini, Bonuchchi, Spinatsiola (Dibala, 67), Matyuidi, Pyanich, Jan, Bernardeski, Manjukich (Moyza Kin, 80), Ronaldu.
“Atletiko”: Oblak, Aryas (Vitolo, 77), Himenes, Godin, Xuanfran, Rodri, Saul, Lemar (Korrea, 57), Koke, Grizmann, Morata.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (64), Xuanfran (73).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)