AQSh prezidenti Donald Tramp Oq Uy apparatining sobiq boshlig‘i Jon Kellidan ma’muriyatdan qizi Ivanka Tramp va uning eri Jared Kushnerni bo‘shatishini so‘radi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Tramp ma’muriyatda bolalari ishlashi to‘g‘ri ekaniga doim shubha qilgan. U Jon Kellini Oq Uy apparati boshlig‘i etib ishga olganida, uning oldiga muhim vazifa qo‘ygan: “Bolalarimni ishdan bo‘shatib, Nyu-Yorkka qaytarib yuboring”.
Tramp tez-tez Ivanka va Jared “o‘yin qoidalarini bilmasligi”dan va OAVda salbiy materiallar paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotganidan shikoyat qilgan.
Kelli davlat rahbarini ularni bo‘shatish qiyin ekanidan ogohlantirgan. Shundan so‘ng Tramp va Kelli oxiri ularning o‘zi bo‘shashga qaror qilguncha ishini va hayotini juda qiyinlashtirib yuborishga kelishgan.
Lekin Ivanka va Jared barcha qiyinchilikni yengib o‘tgan. 2018-yil dekabrda esa Kellining o‘zi vazifasidan ozod etilgan. Shundan so‘ng bu ikki yosh Tramp ma’muriyatida yanada o‘ziga ishonchi ortib, ishlay boshlagan.
Izoh (0)