Bryussel shahri sudi 11-mart kuni 2014-yilning mayida Yahudiylar muzeyida terakt uyushtirgan shaxs Mehdi Nemmush va uni qurol bilan ta’minlagan Naser Bendrerga nisbatan hukm chiqardi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Nemmush umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bendrer 15 yilga qamaldi.
Prokuror Iv Moroning so‘zlariga ko‘ra muzeyga hujum vaqtida to‘rt kishini o‘ldirgan Nemmushga nisbatan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud emas.
Nemmush joriy yilning 7-mart kuni sud tomonidan aybdor deb topilgan edi.
“Mehdi Nemmush to‘rt kishini o‘ldirganlikda va terakt sodir etganlikda, ushbu maqsadda qurol sotib olganlikda aybdor deb topildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)