Rossiya yadro aslahalariga ega bo‘lmagan davlatlarga AQSh bilan harbiy hamkorligi uchun yadroviy zarbalar berishi mumkin. Bu haqda Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanov Moskvada akkreditatsiya qilingan harbiy attashelar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
“Yadro aslahasi bo‘lmagan mamlakatlar, nega samolyotlaringiz AQSh yadro missiyasi doirasida amerikaliklar bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymoqdasiz? Biz ma’lum sharoitlarda va qisqa muddatlarda ularni qayta jihozlashingiz mumkinligini istisno etmaymiz. Amerikaliklar yana sizlarga oddiy o‘q-dori o‘rniga yadro qurollarini ham taqdim qilishi mumkin. Biz buni hisobga olamiz va o‘z-o‘zidan, sizlar birinchi galdagi zarbalar uchun nishon bo‘lasiz”, — deya dag‘dag‘a qilgan Shamanov.
Shamanovning aytishicha, bunday davlatlar Rossiya armiyasining operativ rejalariga kiritilgan.
Izoh (0)