Moskvada taksi haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay, yoritish ustuniga borib urildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkillash markazi ma’lum qildi.
Markazga ko‘ra, hodisa Rossiya poytaxtining Bratislava ko‘chasida 8-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 07.40 da sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida taksining ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan haydovchi jiddiy jarohat olmagan.
Izoh (0)