Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Zabihillo O‘rinboyev Yaponiyaning nufuzi jihatidan 2-o‘rinda turadigan J2 ligasida harakat qiladigan “Tokusima Vortis” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda tokusimaliklar rasmiy saytida xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Zabihillo o‘tgan mavsumni ijara asosida Bekobodning “Metallurg” klubida o‘tkazdi va jamoa tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Tokusima Vortis” klubiga 1955-yilda asos solingan. Hozirda jamoani ispaniyalik Abel Mourelo Lopez boshqarib boradi.
Ayni damda klub J2 ligasida ikki o‘yindan so‘ng 3 ochko bilan 22 jamoa orasida 11-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)