• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik 9 nafar farzandi bor tadbirkor “Mikrokreditbank” rahbariyatidan nеga norozi?

    Andijon shahridagi Bog‘ishamol avtomobil bozori hududida joylashgan “Shukrona Shunqor Shohid” xususiy korxonasi rahbari Shukurjon Qodirohunovning “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filiali rahbariyati bilan kelisholmay, kredit masalasida bir necha yildan buyon sarson yurgani haqidagi murojaati bo‘yicha “Daryo” muxbiri jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Shukurjon Qodirohunovga tegishli bino.

    Shukurjon Qodirohunovga tegishli bino.
    Foto: “Daryo”

    “170 ming so‘m bilan bozorga kirib kеlganman”

    Shukurjon Qodirohunov asl vaziyat qanday ekanligi va boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi:

    — Oilada yolg‘iz o‘g‘ilman. Opam va singlimni turmushga uzatganmiz. 2004-yilda ota-onamning pensiya pulidan 170 ming so‘m olib, bozorga kirib kelganman. Bir yilcha tandir somsa yoptirib, sotganman. 2005-yili Ulug‘bek ismli tunukasoz tanishimga ikkita mantiqosqon yasattirganman. Kuniga 2600 dona manti, duxovka somsa va perashka pishirib, to‘rt nafar ishchi bilan tirikchilik qilganmiz. 2008-yil Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasidan bir necha nafar xodim kelib, faoliyatimni firma shaklida yuritishimni tayinlashdi.

    Avgust oyida uch nafar farzandimning ismi bilan ataluvchi “Shukrona Shunqor Shohid” xususiy korxonasini tashkil etdim. O‘sha yili siz ko‘rib turgan mazkur bino bir qavatli bo‘lib, qurilishi tugallanmagan chala holatda edi. U 14 million 200 ming so‘mga baholangan. 2009-yilda “Mikrokreditbank”ning viloyat filiali Amaliyot bo‘limi mijoziga aylandim va bankka borib, biznes rejamni taqdim etganimda menga 2 yil muddatga 8,5 million so‘m kredit mablag‘ ajratishdi. 2011-yilda olgan qarzimni muddatidan 6 oy oldin yopgach, ulardan faoliyatimni kengaytirish niyatida yana 50 million so‘m mablag‘ so‘radim. Bunga rozi bo‘lmay, 23 million so‘mni 24 oyga berishga qaror qilishgan. Ilojsizlikdan o‘sha mablag‘ni olishga ko‘nganman va Nexia avtomashinamni sotib, uning ham pulini qo‘shgan holda binoning ikkinchi va uchinchi qavatini ko‘tarib, tomini bazo‘r yopganman. Ammo ichiyu tashqarisini ta’mirlay olmaganman. Bank xodimlari monitoring qilgani kelishganida, mablag‘ maqsadli sarflanibdi, degan xulosa chiqarishgan. Ammo “Foyda ko‘rsatmayapsiz”, deya ancha qattiq gapirib, sen-mengacha borishgan. Ularga mening ehtiyojimga yarasha yetarli mablag‘ berishmayotganligi bois aylanma mablag‘ bo‘lmayotganligini aytganman. Kreditni ham dadam va ayamning nafaqa pulidan bir amallab to‘lardim.

    Shukurjon Qodirohunov.

    Shukurjon Qodirohunov.
    Foto: “Daryo”

    23 millionni 20 oyda to‘lab, tezlik bilan 90 million so‘mli internet kafega biznes reja tuzib, ariza yozganman. Amaliyot bo‘limining o‘sha paytdagi, ya’ni 2013-yildagi boshqaruvchisi Shohruxbek va viloyat filiali rahbari ham biznes rejamni tasdiqlashgan. Qisqa vaqt ichida Amaliyot bo‘limiga Bekzodbek ismli yigit boshqaruvchi bo‘lgach, u to‘rt marta faoliyatimni monitoring qildirgan. Biroq kredit ajratishga rozilik bildirmagan. Najot izlab yuqori tashkilotlarga murojaat etganimdan so‘ng oradan hech qancha vaqt o‘tmay, meni viloyat Adliya boshqarmasiga chaqirtirishdi. U yerda Farhodbek ismli yigitga bor holatni so‘zlab berdim. Ularning yordami bilan 90 million so‘m o‘rniga 39 million kreditni bo‘lsa ham olish nasib qilgan va ularni rekonstruksiyaga sarflaganman. 2014-yil onam bevaqt vafot etdi. Yolg‘iz o‘g‘illigim uchun savdoni ham biroz to‘xtatib, jamg‘argan mablag‘larimni ayamning ma’rakalari va tirikchilikka sarfladim. Yetti oylik kredit grafigi buzilganligi bois qarzimni vaqtida to‘lolmadim va bank meni 2015-yil Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga berdi. Sud jarayonidan keyin qarzimni bir oy ichida foiz va penyalari bilan qarz-havola qilib bo‘lsa-da, muddatidan burun to‘ladim.

    “Prokuror qo‘ng‘irog‘idan so‘ng rozi bo‘ldim”

    39 million so‘m qarzimdan qutulgach, bankka 250 million so‘mlik biznes rejamni taqdim etdim. Unda bank menga 200 million kredit bersa, o‘zimdagi mavjud 50 millionga loyihamni bitkazmoqchi edim. Ammo ular aylanma mablag‘ bo‘lmayotganligini ro‘kach qilib, ikki yil to‘sqinchilik qilishdi. Bino 2007-yilda nomimga xususiylashtirilgan. Men ham rafiqam bilan yuqori tashkilotlarga chiqmagan jondan umid, deya murojaat qilaverdik. Oxiri 2017-yil boshida o‘sha paytdagi viloyat bosh prokurori Muzaffar Egamberdiyev qo‘liga yozgan arizalarimizdan biri kelib tushganini eshitdik. 25-yanvar kuni shahar hokimligiga majlisga borishimni aytishdi. Borsam, shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev, 2017-yildagi viloyat bosh prokurori Muzaffar Egamberdiyev va shahar prokurori Sodiq aka boshchiligida tadbirkorlarga yig‘ilish o‘tkazilayotgan ekan. U yerda men ham qatnashdim. Bir yarim soatdan so‘ng navbatim keldi va muammoimni boricha aytib berdim. Majlisda “Mikrokreditbank” viloyat filiali vakillari ishtirok etib, uch marotaba kredit olganligim va o‘sha paytdagi yuqorida ta’kidlagan holatlar yuz berganini aytishdi. Men ham onamning vafoti tufayli qarzimni vaqtida uzolmaganligim, ammo keyin hisob-kitobni joyiga qo‘yganligimni bildirdim. O‘sha payt shahar hokimi “Men bu tadbirkor yigitni orqavarotdan eshitdim. Ko‘p qiyinchilik ko‘rgan va harakatchan ekan. Lekin bankni bunga nisbatan qandaydir adovati borligiga qulog‘im chalindi”, dedi. Rahbarlar holatimni tushunib, bank xodimlariga o‘n kun ichida biznes-rejamni o‘rganib, kerakli mablag‘ni ajratishlarini ta’kidlashdi.

    Binoning ikkinchi qavati.

    Binoning ikkinchi qavati.
    Foto: “Daryo”

    Keyin bankning viloyat boshqarmasining o‘sha paytdagi rahbari Qudratbek Mamadaliyev xonasiga chaqirtirdi. U “Aka hozir resursda 150 million so‘m pul bor. Shuni olib turing, qolganini sizga bir necha oyda qilib beraman. Agar va’damni bajarmasam, erkak emasman”, dedi. Biroq menga 200 million zarurligi bois uning taklifiga ko‘nmay, shartnomaga imzo qo‘ymasdan chiqib ketdim. Oradan ikki kun o‘tib, shahar prokuraturasidan qo‘ng‘iroq qilishdi va nima sababdan 150 millionni olmayotganligimni so‘rashdi. Ularga biznes loyiham 250 million so‘mga tuzilganligini, garovim ham 300 milliondan ortiqqa tortishini aytdim. Prokuror esa “Qudratbek bilan gaplashdim, hozir 150 millionni olib turing. Qolganini ham tez kunlarda chiqarib berisharkan”, dedi. Shu damda “Demak, Qudratbek prokurorga va’da bergan bo‘lsa, qolgan 50 millionni ham qisqa fursatda olar ekanman-da”, degan fikr tug‘ildi va shartnomaga rozi bo‘ldim. O‘shanda bank rahbari “Qolgan mablag‘ni xotiningiz nomiga iste’mol krediti tarzida chiqarib beramiz” degandi. 20-fevral sanasida 150 million so‘m kredit chiqdi. Ustalar kelib, ishni boshlashdi. Aytilganidek, xotinim va singlim nomiga hujjat tayyorlab, amaliyot boshqarmasi xodimi Dilshodbek Sattorovga topshirdim. Kunlar o‘tayapti hamki, 50 milliondan darak yo‘q. Bir oyog‘im bankda bo‘ldi. Ana beramiz, mana beramiz bilan uch oy o‘tdi. Orada besh marta monitoring qilishdi.

    May oyida Markaziy bank raisi Mullajonov olamdan o‘tgani, uning o‘rniga yangi rais tayinlanayotganini bahona qilishdi. Shu tariqa 150 million so‘mning olti oylik imtiyozli davri ham tugadi. Ammo 50 millionni berishmadi. 25-avgust kuni 4–5 nafar bank xodimi kelib, 7 million 800 ming so‘m qarzim borligini aytishdi. Ulardan imtiyozli davr 20-avgustda tugagan bo‘lsa, qanaqasiga besh kun ichida buncha qarz mavjud bo‘lishini so‘radim. Ular imtiyozli davr besh oyga berilganligini ta’kidlashdi. Aslida esa menga bu davrni olti oy deyishgandi. Xullas, qarzim ortib borgani bois bank meni yana sudga berdi. Sud jarayoni esa 2018-yil martida bo‘lib o‘tdi. Sudyalar oilaviy ahvolimni to‘g‘ri tushunib, bankdagilarga o‘zaro kelishishimizni taklif qilishdi. Biroq bank men bilan kelishmay, da’vosini qaytib olmadi. Sud hukmidan qoniqmay, ariza berdim. Avgustda sud ishi qayta ko‘rib chiqildi. Lekin bu safar ham hech narsa o‘zgarmay, hukm o‘z kuchida qoldi.

    “Bir xil javob eshitishdan charchadik”

    Shundan beri murojaat qilmagan tashkilotimiz qolmadi. Prezident virtual qabulxonasiga, Bosh prokuratura, viloyat xalq qabulxonasi va boshqa tegishli mutasaddilarga yordam berishlarini so‘rab, xat yo‘lladik. Barchasidan bir xil javob keldi: sizning murojaatingiz ijobiy hal etiladi. Ochig‘i, bir xil javob eshitib ham charchadik.

    Foto: “Daryo”

    2018-yilning iyun oyida Bosh vazirga murojaat xati yozdim. 6-sentabrda “Mikrokreditbank”ning Bosh ofisida ishlaydigan Umidjon Hajaqulov ismli xodim uch-to‘rt nafar kadrlar bilan keldi. U yigitga ham boshimdan o‘tkazgan barcha voqealarni hikoya qildim. U ikkinchi va uchinchi qavatdagi 10 ta xonada chindan faoliyat yuritilmayotganligini ko‘rib, atroflicha tanishib chiqdi. Andijonlik vakillar oldida “Bu akaning loyihasi oxiriga yetishiga chindan pul yetmay qolgan. 9 nafar farzandi bor ekan. Pullarni maqsadli ishlatgan va yana qo‘shimcha kredit berish kerak”, dedi. Ammo shundan keyin ham hech qanday ijobiy o‘zgarish yuz bermadi. Noyabr oyi so‘ngida bankning ishonch telefoniga yana aloqaga chiqdim. Bir necha kun o‘tgach, Dilshodbek ismli kurator boshchiligida yana bir guruh xodimlar keldi. Ular ham faoliyatim va shaxsiy hayotimni chuqur o‘rgandi. Maqsadlarimni aytdim. Najot qo‘lini cho‘zishlarini so‘rab, ko‘nglimni yordim. Ular ham bu masala yuzasidan bir fikrga kelishlarini bildirdi. Lekin holat yana o‘sha-o‘sha.

    To‘g‘ri, aylanma mablag‘ bo‘lmay, faoliyatim to‘xtab turibdi. Ammo bank menga 50 millionni berganida, hozir qiyin vaziyatda kun ko‘rmayotgan bo‘lardim. Oshxonamiz ishlab turibdi, buni yashirmayman. Lekin kuniga 3 nafar ishchi bilan topayotgan daromadimiz soliq va kommunal to‘lovlarga, ishchilar maoshiga sarflanyapti. Ikkinchi va uchinchi qavatdagi xonalar esa huvillab yotibdi. Agar bank yana qo‘shimcha kredit ajratib, yordam qo‘lini cho‘zsa, ishchi o‘rinlar yaratib, Playstation qurilmalarini olib kelardim va bepul Wi-Fi tizimi ham ishga tushirardim.

    Binoning 1-qavatidagi oshxona.

    Binoning 1-qavatidagi oshxona.
    Foto: “Daryo”

    “Qachongacha sarson yuramiz?”

    Biz tadbirkor so‘zlarini eshitgach, uning oilaviy ahvoli bilan tanishish maqsadida uyiga bordik. Andijon shahridagi “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi Shukurjon Qodirohunovning turmush o‘rtog‘i Nasibaxon Qodirohunova hamda o‘g‘il-qizlari bizni qarshi olishdi. Tadbirkor chindan ham serfarzand oila boshi ekan. Uning to‘qqiz nafar — Shukrona, Shunqorbek, Shohidbek, Shukufa, Shukura, Shoniso, Shahina, Shavqiya va Shayhullo ismli 6 qiz va 3 o‘g‘li bo‘lib, to‘ng‘ichi hududdagi 28-umumta’lim maktabining 9-sinfida o‘qirkan. Undan keyingi yana to‘rt farzand ham shu maktab o‘quvchilari, qolganlari esa hali kichkina. Nasibaxon Qodirohunova ayni paytda o‘ninchi farzandiga ham homilador. Uy bekasining aytishicha, shu paytga qadar farzandlarining birortasi bog‘cha nima ekanligini bilmay, voyaga yetmoqda. Bir nafar farzandiga nafaqa puli olarkan xolos. Kattalari turli sport va ijod turlariga qiziqadi, ammo ularni to‘garaklarga yuborishga moddiy jihatdan qiyinchilik mavjud.

    Shukurjon Qodirohunov rafiqasi va bolalari bilan.

    Shukurjon Qodirohunov rafiqasi va bolalari bilan.
    Foto: “Daryo”

    — Hech qachon biror tashkilotga oilaviy ahvolimizni yaxshilashga yordam berishini so‘rab, murojaat etmaganmiz. Xudo bizga shuncha farzand berganiga shukr va ularni qiyinchilik bilan bo‘lsa ham o‘zimiz parvarishlayapmiz. Uyimizni ko‘rib turibsiz, buni qaynona-qaynotam qurishgan. Ammo xo‘jayinim yagona o‘g‘il bo‘lganligi uchun uyni to‘liq ta’mirlashga hali imkon topganimiz yo‘q. Bankdagilar o‘sha 50 millionni o‘z vaqtida berishganida, turmush o‘rtog‘im ishlari yurishib, hozir kredit foizlarini ham to‘layotgan, uy-joyimizni o‘nglayotgan bo‘lardik. Bankdagilardan farzandlarimni boq yoki cho‘ntagingdagi puldan ber, demayapmiz-ku. Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilishi kerak bo‘lgan mablag‘dan so‘rayapmiz xolos. Bizga yana imkoniyat yaratib berishsa bo‘lmaydimi? Nega oilaviy sharoitimizni inobatga ham olmay, sarson-sargardon qilishadi? Har kuni er-xotin shu masalada diqqat bo‘lib, o‘ylanamiz. Nahotki, biror amaldor insoniy jihatdan holatimizni tushunmasa? Kun o‘tgan sari kredit foizlari ortib, qarzga botib ketyapmiz. Meni shu ko‘p o‘ylantiradi. Iltimos ushbu masalada yordam beringlar.

    “Haqiqatdan yordamga muhtoj”

    Mansurbek Bahromov, “Yangi hayot” MFY raisi:

    — Ushbu hududda olti yildan beri faoliyat yuritaman. Mahallamizda 481 ta xonadon bo‘lib, aholi soni 3150 nafarni tashkil qiladi. Shukurjon va uning oilasini ko‘p yillardan buyon yaxshi bilaman. O‘tgan yili bankdan kredit olishda qiynalayotgani haqida kuyunib gapirgandi. Shundan so‘ng uning faoliyati bilan tanishdim. Haqiqatdan ikki yildan beri kredit masalasi borligi bois ishi yurishmay turibdi. To‘qqiz farzandning otasi va yordamga muhtoj juda. Oilasida faqat uning o‘zi ishlab, daromad topadi.

    Foto: “Daryo”

    “Qonundan chеtga chiqmaymiz”

    Surishtiruv davomida “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filiali raisi Oybek Isaqov bilan ham suhbatlashib, uning mazkur masaladagi fikrlariga quloq tutdik.

    — Ushbu filialni 2013-yildan beri boshqaraman. 2016–2018-yillar Bank moliya akademiyasida o‘qishda bo‘lganimda mening o‘rnimda vaqtincha boshqaruvchi vazifasini Qudratbek Mamadaliyev bajargan. Tadbirkorga 150 million so‘m kredit ham Qudratbek ishlagan davrda chiqarilgan. Tadbirkor biznes rejasida 200 million berishni so‘rab murojaat qilganida, amaliyot boshqarmasi xodimlari 150 million bera olishi va biznes rejada ko‘rsatilgan summani ham shuncha yozish lozimligi bois uni Shukurjon Qodirohunovga qaytarib berishgan. Lekin hujjatlar ichida biznes reja yo‘q. Kredit sharnomasida 150 million so‘m ko‘rsatilgan. Avvalgi rahbar va tadbirkor o‘rtasidagi gap-so‘zlarga siz ham, men ham guvoh bo‘lmaganmiz. Hozir Qudratbek Mamadaliyev ham, amaliyot bo‘limining o‘sha paytdagi rahbari ham bankimizda faoliyat yuritmayapti. Ularning qayerdaligi ham bizga noma’lum. Tadbirkor korxonasini borib ko‘rganman. Ammo muammoli kredit ustiga kredit berilmaydi. Biz bu insonning oilaviy avholini to‘g‘ri tushunib, hech bo‘lmasa foiz va penyalarni to‘lasagina, so‘ng qo‘shimcha kredit chiqarish taklifini bildirdik. Lekin bunga rozi bo‘lmadi. Agar bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan hujjatda 200 million so‘m yozilganida, tadbirkor haq bo‘lardi va 50 millionni allaqachon olardi. Biz ham qonundan chetga chiqmagan holda ish yuritamiz.

    “Biznеs-rеjamni bankdagilar yo‘q qilishgan”

    Shukurjon Qodirohunov, tadbirkor:

    — To‘g‘ri, bank rahbariyati olgan 150 million so‘m kreditimning foiz va penyalarini to‘lasam, keyin qo‘shimcha kredit berishlarini aytgan. Ammo o‘sha foizlarni qaytarish uchun ham menda mablag‘ bo‘lishi kerak-ku. Mashina yoki qo‘shimcha yer maydonim, do‘konlarim bo‘lganida o‘sha paytdayoq sotib, 150 millionni uzardim. Sarson yurish menga ham havas emas. Biznes-rejani bank xodimlarining o‘zi yo‘q qilib yuborgan. Men ulardan hech qachon biznes-rejamni qaytarib olmaganman. Keyin kredit shartnomasida meni uylanmagan, deb yozishgan. Ko‘rib turganingizdek, oilali va to‘qqiz farzandning otasiman. Shuningdek, har gal binoimni qurilishi tugallanmagan oshxona binosi sifatida garovga qo‘yganman. Ularning o‘zi shunday deb yozadiyu, so‘ng menga aylanma mablag‘ yo‘qligini ro‘kach qilishadi. Buni qanday tushunish mumkin? Hozir garovga qo‘ygan uch qavatli binoim 75 foizdan hisobalaganda ham 313 million so‘mni tashkil etadi. Bank mas’ullari nega bizga bunday muomalada bo‘lishayotganidan ochig‘i hayronman. O‘limdan boshqa hamma narsaning iloji bor-ku. Meni ozgina qo‘llab-quvvatlab, kredit ajratishsa, ishlarim yurishib ketardi. Bankdagi qarzlarimni ham qisqa vaqtda to‘lardim.

    Shukurjon Qodirohunovning uyi.

    Shukurjon Qodirohunovning uyi.
    Foto: “Daryo”

    Shukurjon Qodirohunovning uyi.

    Shukurjon Qodirohunovning uyi.
    Foto: “Daryo”

    Shukurjon Qodirohunovning uyi.

    Shukurjon Qodirohunovning uyi.
    Foto: “Daryo”

    Qarzni undirish bilan MIB shug‘ullanmoqda

    Ushbu murojaat bo‘yicha “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari T.Atamurodov imzosi bilan javob xati keldi. Unda haqiqatdan tadbirkorga kafe va Playstation o‘yingohini tashkil etish hamda rivojlantirish maqsadida 36 oy muddatga yillik 18 foiz ustama asosida 2017-yil 14-fevraldagi 569-sonli kredit shartnomasiga asosan 150 million so‘m mablag‘ ajratilganligi qayd etilgan. Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining ijro varaqasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga 2018-yilning 6-iyulida qabul qilinganligi va bugungi kunda ijro ishlari olib borilayotganligi ham ta’kidlangan. Qarzdor “Shukrona Shunqor Shohid” xususiy korxonasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 2018-yil 16-martdagi ajrimidan norozi bo‘lgan taqdirda, sudning yuqori instansiyasiga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi ham ma’lum qilingan.

    Mazkur masala va unda bildirilgan fikr-mulohazalardan har kim turlicha xulosa chiqarishi mumkin.

    05.03.2019, 20:10   Izoh (0)   52456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir qizni Dubayga fohishalikka olib ketayotgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi

    05.03.2019, 20:06

    Toshkent shahrida mart oyida qanday tadbirlar o‘tkaziladi?

    05.03.2019, 19:54

    6-mart kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi

    05.03.2019, 19:41

    Qoraqalpog‘istonning chekka hududlariga borib ishlagan shifokorlarga uy, mashina, imtiyozli kredit beriladi

    05.03.2019, 19:28

    Samarqandda gaz idorasi tomonidan hisoblangan 3,9 mln so‘m qarzdorlik asossiz ekanligi aniqlandi

    05.03.2019, 19:02

    Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib olish tarmog‘ini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    05.03.2019, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.