IShID terrorchilik tashkiloti o‘zining Suriyadagi so‘nggi qalqoni — Bag‘uz qishlog‘ini himoya qilishga tayyorlanmoqda, deya xabar beradi “Liga.Novosti”.
Suriya hukumati qo‘shinlari Qo‘shma Shtatlar ko‘magida Eron bilan chegarada joylashgan qishloqni yopib qo‘ygan.
IShID unga yondosh hududlarni minalab, yer osti tunnellari tarmog‘ini kengaytiradi.
IShIDning nechta jangarisi hozir Bag‘uzda ekanligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Qishloqni qo‘lga olish Suriyani “xalifalik”dan to‘liq ozod qilish degan ma’noni anglatadi, ammo uning mag‘lubiyatini anglatmaydi.
Kecha, qurdlar Bag‘uz qishlog‘iga hujum boshlagani xabar berilgandi.
Izoh (0)