Pokiston fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Hindiston—Pokiston kelishmovchiligining kuchayishi oqibatida o‘z havo hududidan foydalanish taqiqini seshanba tongigacha yana uzaytirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Pokiston havo hududi 2019-yilning 5-mart kuni soat 08:00 ga qadar barcha amaliyotlar uchun yopiladi”, — deyiladi Pokiston fuqaro aviatsiyasi vakolatxonasi veb-saytida e’lon qilingan NOTAM xabarnomasida.
Aniqlanishicha, 1-martdan boshlab reyslarni qayta tiklashga ruxsat berilgan Karachi, Peshovar, Kvetta va Islomobod aeroportlarining aviaqatnovlari bundan mustasno.
Mavzuga doir: Pokiston havo hududini yopiq saqlashda davom etmoqda
Izoh (0)