4-mart kuni “Tolibon” harakatining jangarilari Afg‘onistonning shimoli-sharqida joylashgan Taxar provinsiyasining Yangi Qal’a uyezdidagi bozorga hujum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholining uch nafari halok bo‘lgan, yana yetti kishi yaralangan.
Qayd etilishicha, “Tolibon” jangarilari ertalab uyezd markazidagi bozorga hujum qilgan, ammo hujum xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilgan.
Izoh (0)