Nyu-York shtatidagi Saffolk politsiyasining xabar berishicha, Long-Aylend trassasi orqali 2 million dollar olib o‘tayotgan zirhlangan yuk mashinasi tasodifan yerda yotgan to‘shakka duch keldi. Bu haqda “ForumDaily” xabar berdi.
To‘shak mashinaning o‘qiga aylanib, ehtimol yerga ishqalanish oqibatida yonib ketgan.
GardaWorld zirhli yuk mashinasining haydovchisi oxirgi soniyagacha yo‘lda to‘shakni ko‘rmagan. Voqea joyiga kelgan zobitlardan birining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil Long-Aylend-Siti shahridagi bazasi tomon harakatlanayotgan bo‘lgan.
Avtomobil ichidagi uch nafar xodim avtomobilining soat 20:30 lar atrofida tutayotganini payqagan. Nima bo‘lganini ko‘rish uchun tashqariga chiqqanida, avtomashinaning pastki qismida alangani ko‘rgan.
Ularning uchchalasi ham mashina portlab ketishidan qo‘rqib tashqariga chiqqan, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgach yong‘in besh daqiqada bartaraf etilgan. Avtomobil ichidagi pullarga ziyon yetmagan.
Politsiya xodimlarining taxminlariga ko‘ra, to‘shak undan biror avtomobil yukxonasidan tushib qolgan.
Izoh (0)