2019-yilning 1-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da Volgograd viloyatining Mixailov tumanidagi R-22 “Kaspiy” federal avtomobil yo‘lining 765-kilometrida YTH yuz berdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.
YTH oqibatida Mitsubishi Outlander avtomobili haydovchisi va to‘rt nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Ular orasida O‘zbekiston fuqarosi, 1965-yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidan bo‘lgan Galina Anatolyevna Serebryakova ham bor.
Bu holat elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan nazoratga olingani bildirilmoqda.
Izoh (0)