2019-yil 18-fevral kuni Navoiy shahridagi “Navoiyazot” AJda faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonasi rahbariyati IIBga murojaat qilib, unda shu yil 13-fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxs qurilish obyekti omborxonasining temir to‘sig‘ini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 14 592 AQSh dollari bo‘lgan 38 dona zanglamas metall quvurlarini o‘g‘irlab ketganligi ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Xonchorbog‘ mahallasida yashovchi J.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)