• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda 60 ming dollarlik tibbiy uskunalar mutaxassis yetishmasligi sabab ishlatilmayapti

    Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti yuzasidan senator Tolibjon Madumarov muzokara o‘tkazdi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jumladan, u quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

    “Ayniqsa, taraqqiyotimizning yangi bosqichida Prezident tashabbuslari bilan Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining samaralarini bermoqda.

    2018-yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmi 28,4 trillion so‘mga yetgan va 2017-yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichlari 101 foizni tashkil etgan. 2018-yilda viloyatda 2 365 ta kichik biznes subyekti o‘z faoliyatini boshlagan va ularning soni qariyb 17 mingtaga yetgan.

    Natijada viloyatda yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari soni ham oshib bormoqda. 2018 yilda yaratilgan ish o‘rinlari soni 27 mingdan oshgan va bu boradagi prognoz parametrlari 101,5 foizga bajarilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 va 2018-yillarda viloyatga 3 marotaba amalga oshirilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida 450 dan ortiq loyiha tasdiqlangan.

    Shuningdek, 2018-yilning o‘zida yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 1 595 ta, qishloq xo‘jaligida 2 453 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi e’tiborlidir”.

    Senator Qashqadaryo viloyatida hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ko‘plab muammo va kamchiliklar ham mavjudligini aytib o‘tdi.

    “Ayniqsa, ayrim vazirlik va markaziy idoralarning viloyatdagi mavjud muammolar yechimiga kompleks yondashmayotgani, ularni hal etish bo‘yicha mahalliy hokimliklarning tashabbuslari, takliflari, aholining xohish-istaklari yetarli darajada inobatga olinmayotgani oqibatida qator masalalar dolzarbligicha qolmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturlardagi qator chora-tadbirlar mas’ul vazirlik va idoralarning sustkashligi oqibatida o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.

    Dehqonobod tumanini 2018—2019-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq 2018-yil oxiriga qadar amalga oshirish va yakunlanishi lozim bo‘lgan jami 143 ta vazifadan 30 tasi bajarilmagan. Jumladan, Respublika darajasida bajarilishi belgilangan tuman tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilish hamda ‘Oqrabot’ qishlog‘i hududidagi ‘Oqsaroy’ tarixiy obidasini ta’mirlash ishlari zarur moliyaviy mablag‘lar ajratilmaganligi sababli amalga oshirilmagan. Mirishkor tumanini 2018—2019-yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq 2018-yil uchun belgilangan 248 ta vazifadan 76 tasi ro‘yobga chiqarilmagan. Xususan, mablag‘ ajratilmaganligi sababli: ‘Avazcho‘l’ va ‘Amir Temur’ suv yig‘ish va tarqatish inshootlarini rekonstruksiyasi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida yuqumli kasalliklarni aniqlash laboratoriyasini qurish; irrigatsiya inshooti uchun elektr uzatish tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish vazifalari bajarilmagan.

    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan ayniqsa, viloyat shaharlaridagi, tumanlar markazlaridagi yillar davomida saqlanib qolgan kommunal sohaga oid muammolar yechimiga kompleks tarzda yondashilmayotgani aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

    Xususan, Qarshi shahridagi 1, 2-dahalardagi 46 ta ko‘p qavatli uyning 60 foizini ichki isitish tizimi ishdan chiqqan. Shahardagi 222 ta ko‘p qavatli uy uchun lokal qozonxonalarni qurish ishlari tegishli dasturlarda belgilangan bo‘lsa-da, shu kunga qadar boshlanmagan. Investitsiya dasturiga kiritilgan ‘Suvoqova’ DUK tizimidagi 18 ta obyektdan 7 tasida tegishli qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish uchun zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilmagan.

    Moliya vazirligi hamda boshqa mas’ul tuzilmalar tomonidan aholi va ijtimoiy muassasalarni ichimlik suvi bilan zarur hajmda ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yetarli emasligi oqibatida viloyatda istiqomat qilayotgan 3 mln.dan ortiq aholining qariyb 47 foizi tashib keltiriladigan ichimlik suvini iste’mol qilmoqda (ayrim tumanlarda esa pulli)”.

    Parlament a’zosi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar yetarli darajada ko‘rilmaganini ham bildirdi.

    “Viloyatdagi sog‘liqni saqlash muassasalarining aksariyati mukammal ta’mirga muhtoj. Deyarli barchasida ichimlik suvi, gaz va issiqlik energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq tizimli muammolar va 340 nafar shifokor yetishmasligi yuzaga kelgan. Birgina Kasbi tumanidagi eng zamonaviy tibbiy texnikalar bilan jihozlangan ‘Kasbi madad shifo’ xususiy tashxislash va davolash markazida qariyb 60 ming AQSh dollari evaziga xorijdan keltirilgan loporoskop jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga mo‘ljallangan uskuna va LOR-kombayn uskunasi malakali mutaxassislar yetishmasligi sababli ishlatilmayapti”, — dedi u.

    Uning fikricha, bu kabi aksariyat kamchiliklar faqat Qashqadaryo viloyatigagina xos emas.

    “Har bir hududda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xalaqit berayotgan ko‘plab muammolar, yechimini kutayotgan dolzarb masalalar mavjud. Qolaversa, bu muammolarni faqatgina hududlarning o‘zlari hal etolmaydi. Ularning samarali hal etilishi uchun sohaga oid markaziy idoralar (vazirlik, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqalar)ning amaliy sa’y-harakatlari, tegishli masalalarni hal etishga bo‘lgan kompleks yondashuvi talab etiladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    02.03.2019, 11:20   Izoh (0)   23255
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: Vazni ortiqcha xodim qanday qilib jinoyatchini tutadi?

    02.03.2019, 10:05

    Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolning shaxsi aniqlandi

    02.03.2019, 09:35

    Shavkat Mirziyoyev Bosniya va Gersegovina prezidiumi raisiga tabrik yo‘lladi

    01.03.2019, 21:49

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

    01.03.2019, 21:21

    Yakunlangan senat yalpi majlisi, sobiq xotinini o‘ldirishga killer yollagan fuqaro, o‘quvchini urgan o‘qituvchi va kunning boshqa xabarlari

    01.03.2019, 21:18

    Andijondagi markaziy poliklinikada yuzaga kelgan portlash sabablari ma’lum qilindi

    01.03.2019, 21:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meta, Apple, Google boshqa elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda 78,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 14:30

    AQSHda kit qayiq bilan to‘qnashib, nobud bo‘ldi (video)

    Dunyo | 4 avgust, 14:22

    Farg‘onada futbol maydonida janjal ko‘targanlar qamaldi

    Sport | 4 avgust, 14:10

    Erdo‘g‘on urush boshlanganidan buyon ilk bor Ukrainaga boradi

    Dunyo | 4 avgust, 14:07

    Xurram, Nihon, Seyran: Turk aktrisalariga olamshumul mashhurlik keltirgan rollar

    Kino | 4 avgust, 13:53

    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi

    Reklama | 4 avgust, 12:00

    Xitoy AQSHning rus va fors neftidan voz kechish talabini rad etdi

    Dunyo | 4 avgust, 13:45

    Janubiy Koreya KXDR chegarasiga qaratilgan karnaylarini olib tashlamoqda

    Dunyo | 4 avgust, 13:25

    O‘zbekistonda davlat organlari hududlaridan mavsumiy savdo, kafe uchun foydalanish mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 13:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.