“Chelsi” rahbariyati yarim himoyachi Eden Azar bilan shartnoma muddatini uzaytirishga urinmoqda, deb xabar berdi Le10Sport.
London klubi 28 yoshli belgiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi.
Azarning “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning iyun oyiga qadar amal qiladi. Avvalroq futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan voz kechgandi.
“Chelsi” FIFA taqiqi sabab (London klubi 2 ta transfer oynasida futbolchi sotib ololmaydi) Azarni jamoada qolishga ishontirishga harakat qilib ko‘radi.
Xavbek uchun “Real” da’vogarlik qilmoqda, lekin madridliklar hali rasmiy taklif bilan chiqmadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)