AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi sobiq xodimasi uni sudga berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Alva Jonsonning da’vosiga ko‘ra, Tramp 2016-yil avgustida Florida shtatida, Tampadagi miting chog‘ida uni o‘pishga uringan.
“O‘zimni haqoratlangandek his etganman, chunki buni kutmagan va istamagan edim”, — ta’kidladi Jonson.
Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ushbu mitingda bunday holat bo‘lmaganini isbotlovchi ko‘plab guvohlar borligini bildirdi va ayblovni “mantiqsiz” deb atadi.
Izoh (0)