O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi 1-fevral holatiga 26,6 milliard dollarni tashkil etdi. Yanvar oyida 206 million dollar o‘sish qayd etilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yalpi oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, 27,22 milliard dollarni tashkil etib, shundan valyuta aktivlari — 12,64 milliard dollar (+203 million dollar bir oy davomida), monetar oltin — 14,58 milliard dollar (-62 million dollar bir oy ichida).
Markaziy bank yanvar oyida oltin-valyuta zaxiralarining oshishini qisman oltin narxining 1 281,65 dan 1 322,50 doll/tr.unsiyaga oshishi bilan izohlaydi. Narxning oltin-valyuta zaxiralarining oshishiga ta’siri 466,6 million dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)