• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Portlash bizni uchirib yubordi”. Andijondagi poliklinikada yuz bergan portlash jabrlanuvchilari hodisa haqida so‘zlab berdi

    Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi Andijon viloyati “Issiqlik manbai” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli isitish qozonining portlashi natijasida yuz bergan favqulodda holat oqibatida 18 nafar o‘quvchi yengil va o‘rta darajada tan jarohati olgan. Jurnalist Umidjon Mamarasulov jabrlanuvchi o‘quvchilarning holati va voqea qanday yuz berganini o‘rganishga harakat qildi.

    Foto: Rustam Eshonov

    Foto: Rustam Eshonov

    “Bo‘limimiz markaziy poliklinikaning orqa tomonida joylashgan. Kirish faqat bir tomonlama. Xonamda o‘tirganimda gumburlagan ovoz eshitildi. Tashqariga chiqqanimda oynalar singan, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bolalar cho‘chib ketganini ko‘rdim. Hamkasblarim bilan birga ularga birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatishga harakat qildik. Jarohat olganlarni, umuman barcha bemorlarni shoshilinch tibbiy yordam mashinasida respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yubordik”, — deydi poliklinika ftiziatriya bo‘limi mudiri Dilshodbek Halilov.

    Foto: Rustam Eshonov

    Foto: Rustam Eshonov

    O‘quvchilardan biri Ruqiya Abduhalimova portlash kuchi uni uchirib yuborganini aytdi.

    Foto: Rustam Eshonov

    Foto: Rustam Eshonov

    “Dugonalarim bilan ichkarida navbatda turgan edik. Shifokorlar shovqin qilmasligimizni iltimos qilishganidan so‘ng tashqariga chiqdik. Shunda kotyoldan tutun chiqayotgandek bo‘ldi. E’tibor bermadik. Pillapoyadan tushganimizdan 2–3 daqiqa keyin birdaniga portlash yuz berdi. Bizni uchirib yubordi, bir-ikki joyimiz shilindi. Qo‘rqib ketdik. Hozir ahvolimiz yaxshi”, — deya voqeani so‘zlab berdi Ruqiya Abduhalimova.

    “Bolalar bilan tashqarida gaplashib turgandik, — deydi Nurillo Abdumannopov. — Birdan baland ovoz eshitilib, hammayoq tutunga to‘lib ketdi. Yerga yiqildim. Qo‘rquvdan ichkariga kirmoqchi bo‘lib, pillapoyadan chiqishga harakat qildim. Orqamdan shisha siniqlari ham uchib kelgandek bo‘ldi. Lekin qo‘limdan boshqa yerga shikast yetmadi”.

    Foto: Rustam Eshonov

    Foto: Rustam Eshonov

    Andijon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Tohir Zokirovning ma’lum qilishicha, nafaqat o‘quvchilar, balki voqea joyida bo‘lgan shifokorlar ham qo‘rqib ketgan. Poliklinikaga tashrif buyurgan bir necha kishiga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

    “Hodisa 26-fevral kuni soat 10:26 larda poliklinikaning ftiziatriya bo‘limi joylashgan hududda yuz bergan, — deydi Andijon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Tohir Zokirov. — Bu yerda belgilangan reja-jadval asosida shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-umumta’lim maktabining 9-“G” sinf o‘quvchilari flyuografiya tekshiruvidan o‘tayotgan bo‘lgan. Baxtsiz hodisa tufayli 18 nafar o‘quvchi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Xizmat ko‘rsatayotgan shifokorlarning ikki nafari qo‘rqib ketgan. Ularning holati ham yaxshi. Bundan tashqari poliklinikada bo‘lgan yana 10 nafar qo‘shimcha murojaat qilganga qabulxonada ambulator – psixologik yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda tegishli tashkilotlar tomonidan tekshiruv, surishtiruv ishlari davom etmoqda”.

    Foto: Rustam Eshonov

    Foto: Rustam Eshonov

    Portlash oqibatida jarohat olgan ikki nafar bemor operatsiya qilingan.

    “Bugun soat 11:00 lar chamasida bizning markazimizga markaziy poliklinikada yuz bergan hodisa natijasida 7 nafar bemor tibbiy tez yordam mashinasida, yana 11 nafari shaxsiy mashinalar orqali olib kelingan. Bemorlarning uch nafari o‘rta darajada tan jarohati olgan. Holati tekshirilib neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shulardan ikkitasida biri oyoq qismidan, ikkinchisi yelka qismidagi jarohati borligi uchun jarrohlik amaliyoti o‘tqazildi. Qolgan 14 nafarining tan jarohati yengil, aksariyat bolalar qo‘rquv natijasida kelgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda neyrotravmatologiya bo‘limiga gospitalizatsiya qilganmiz. Bemorlarning barchasi shifokorlarning doimiy nazoratida, belgilangan tartibda davo muolajalari qilinmoqda”, — deydi Respublika shoshilinchi tez yordam ilmiy markazi viloyat filiali bosh vrachi Azizbek Mamadiyev.

    26.02.2019, 18:57   Izoh (0)   59501
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzairways Navro‘z bayrami munosabati bilan ichki reyslarga 50 foizgacha chegirmalar taqdim etadi

    26.02.2019, 18:52

    27-fevral kuni Samarqand shahridagi 16 ta mahallada tabiiy gaz bo‘lmaydi

    26.02.2019, 18:39

    Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentiga direktor tayinlandi

    26.02.2019, 18:13

    Jizzaxda maktab o‘quvchisining o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

    26.02.2019, 18:00

    FVV: Andijondagi portlashga isitish qozonining nosozligi sabab bo‘lgan

    26.02.2019, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

    26.02.2019, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.