“Oqdaryo” gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2019-yil 27-fevral kuni Samarqand shahrining ba’zi mahallalarida soat 08:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligiga tayanib, “Zarnews.uz” xabar berdi.
Gaz quyidagi mahallalarda bo‘lmaydi:
Galaosiyo, Rasadxona, Shahriobod, Sarbadorlar, Sharq tongi, Davlatshohi Samarqandiy, Ogahiy, Toshkent, Xalifa Ibrohim, Xo‘ja Abdu Darun, Xalqobod, Sadriddin Ayniy, Qo‘shchinor, G‘afur G‘ulom, Ibn Sino hamda Samarqand tumaniga qarashli Konigil.
Shu munosabat bilan, Samarqand shahar hokimligi aholidan gazdan foydalanishda ehtiyotkorlikni so‘rab qoldi.
Izoh (0)