• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qamashidagi korxona ishchilari rahbarini adolatsizlikda, tanish-bilishchilikni avjiga chiqarganlikda ayblamoqda

    “Daryo” tahririyatiga yo‘llangan galdagi murojaatda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi “Qamashi don qabul qilish” MChJ korxonasi xodimlari, korxonaning ayni paytdagi rahbari Erkin Ergashev ishchi-xodimlarni sababsiz ishdan bo‘shatayotgani xususida yozadi. Murojaatchilarning bildirishicha, korxona bosh ofisi ham yakkabog‘lik rahbar tashabbusi bilan Qamashidan Yakkabog‘ tumaniga ko‘chirilgach, har yili tuman budjetiga tushayotgan 5 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ham Yakkabog‘ tuman budjetiga o‘tib ketayotgan emish...

    Foto: “Daryo”

    Korxona ishchilari bilan suhbatlashish maqsadida “Qamashi don qabul qilish” MChJ korxonasida bo‘ldik.

    35 yillik mehnat “puf sassiq”qa chiqyapti...

    O‘zini ish boshqaruvchi Shavkat Xushvaqtov deya tanishtirgan suhbatdosh ushbu dargohda 28 yildan beri ishlab kelayotganligini, ayni paytdagi rahbar Erkin Ergashev esa 28 yillik mehnatini yo‘qqa chiqarayotganini iddao qilmoqda.

    Shavkat Xushvaqtov va Otabek Bo‘tayev.

    Shavkat Xushvaqtov va Otabek Bo‘tayev.
    Foto: “Daryo”

    “28 yillik umrim shu yerda o‘tdi, — deydi Shavkat Xushvaqtov. – Shu ishim bilan oila boqdim. Farzand ulg‘aytirdim. Ularni o‘qityapman. Endi-chi? Endi 28 yillik mehnatimni bir kunda yo‘qqa chiqarishmoqchi. Rahbarimizga oila boquvchisi ekanligimizni tushuntiryapmiz. 8 nafar ishchi xodim bo‘lsak, 4 kishidan almashib, o‘z hisobimizdan ta’til olaylik. Keyin yana qaytib, ishimizni davom ettiraveramiz degan taklifni ham bildirdik. Ammo foydasi bo‘lmayapti. Eng yomoni 35 yillab shu dargohda ishlagan, erta-indin pensiyaga chiqaman deb yurgan kishilar ham “puf sassiq”qa chiqyapti”.

    “1985-yildan beri shu korxonada ishlayman, — deydi Bahriddin G‘oyipov. – Nasib etsa 2–3 yilda pensiyaga chiqishim kerak edi. Menga ham ogohlantirish xati berishdi. Mart oyining boshiga qadar boshqa ish topishga harakat qilishim lozimligini aytishmoqda. Yakkabog‘lik rahbarimiz bizni ishdan bo‘shatib, Yakkabog‘ tumanidan ishchi olib kelib ishlatar ekan. Agar hozir ishdan bo‘shatishsa, shuncha yillik mehnatim nima bo‘ladi?”

    “Agar sizlarni bo‘shatmasam, mening o‘zimni bo‘shatishadi...”

    Korxona ishchilarining shikoyat qilishicha, Erkin Ergashev 2017-yil dekabr oyida ishga kelgan bo‘lsa, ertasi kuniyoq 17 nafar ishchi xodimni ishdan bo‘shatgan.

    Foto: “Daryo”

    “Rahbarimiz ishga kelgan kunidan boshlab, ishchilarni bo‘shatishga harakat qilib keladi”, — deydi ishchilar. Suhbatdoshlarning aytishicha, korxona rahbari doimiy ishchilarni ishdan bo‘shatib, mavsumiy ishchi sifatida ishga jalb qilishni maqsad qilgan.

    “Agar doimiy ish o‘rnimizdan ajralib, mavsumiy ishchi sifatida ishga jalb qilinadigan bo‘lsak, ertaga bizni birov so‘ramaydi”, — deydi ishchilar. Korxona ishchisi Otabek Bo‘tayevning ma’lum qilishicha, yaqinda rahbar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda korxona rahbari Erkin Ergashev 15 nafar ishchi xodim — 7 nafar mexanik va 8 nafar ishchi ishdan bo‘shatilishi lozimligini ta’kidlagan. “Agar sizlarni bo‘shatmasam, mening o‘zimni bo‘shatishadi dedi”, — deydi Otabek Bo‘tayev va Alisher Qo‘ziyevlar.

    Ishchi-xodimlardan yana biri Shavkat Ro‘ziyev ham 35 yildan beri ushbu dargohda mehnat qilib kelayotganini, endi esa qisqartirish sabab ishdan bo‘shatilayotganini aytmoqda.

    “Xodimlarni bo‘shatib ko‘chaga haydayotganimiz yo‘q, — deydi “Qamashi don qabul qilish” MChJ korxonasi rahbari Erkin Ergashev. — Rahbar sifatida ish boshlagan paytim korxonada ortiqcha ish o‘rinlari juda ko‘p edi. Shu boisdan ham kompaniya rahbariyatidan ortiqcha ish o‘rnini saqlab turmaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berishdi. Shundan kelib chiqqan holda 17 nafar ishchi xodimni bo‘shatdik. Ammo korxonaning Yakkabog‘ tumanidagi bosh ofisida 10 ta yangi ish o‘rni bor. Biz o‘sha ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga mana shu yangi ish o‘rinlarimizni taklif qilayapmiz”.

    Erkin Ergashev.

    Erkin Ergashev.
    Foto: “Daryo”

    Korxona rahbarining ma’lum qilishicha, ayni paytda “Qamashi don qabul qilish” MChJ korxonasida 165 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 43 nafar ishchi-xodim Qamashi tumanidagi eski bosh ofis, hozirda “Qamashi don qabul qilish” maskanida faoliyat yuritsa, qolgan ishchi-xodimlar ayni paytdagi bosh ofis — Yakkabog‘da faoliyat olib boradi. Ammo nom o‘sha-o‘sha “Qamashi don qabul qilish” MChJ.

    Ishchilar bo‘shatildi, qorovullar ko‘paytirildi

    Erkin Ergashevga ko‘ra, korxona bosh ofisining yuridik manzili Yakkabog‘ tumaniga ko‘chganligi bois, ayni kunda Qamashi tumanigi ofis korxonaning filiali sifatida ish olib bormoqda. “Filialda ish hajmi kamayganligi bois ham ortiqcha ish o‘rinlarini kamaytirib, mavsumiy ishchilar jalb qilishni maqsad qilganmiz, — deydi korxona rahbari. – Ammo mavsumiy ishchi ham o‘sha ishchilarimizning o‘zi bo‘ladi. Boshqa joydan ishchi olib kelish niyatimiz yo‘q”.

    Foto: “Daryo”

    Tashkilot mutasaddisi mavsum o‘tgach, korxonada ish ketmayotgan paytda 3–4 oylab 15 nafar ishchi-xodimga oylik to‘lash korxona uchun zarar ekanligini ta’kidlamoqda. Suhbat davomida aniqlanishicha, ishchi-xodimlarning ayni kundagi maoshi bir million so‘mga yetadi.

    Korxona ishchilari ishdagi qisqarish faqatgina ishchi-xodimlar uchun qo‘llanilayotgani adolatsizlik ekanligini bildirishmoqda. Qorovul Laziz Murtazoyev korxona rahbari ishchi-xodimlarni qisqartirishga harakat qilib, qorovul xodimlarni ko‘paytirishga harakat qilayotganida mantiq ko‘rmayotganini aytmoqda.

    “Ilgari 3 nafar qorovul edik, — deydi korxona qorovuli Laziz Murtazoyev. — Ishchi-xodimlarni qisqartirib, qorovullarni ko‘paytirishyapti. Rahbarimiz tanish-bilishlaridan iborat 4 nafar mavsumiy qorovul ishchini olib kelib, asosiy kirish-chiqish eshigiga ularni qo‘ydi. Bizni esa “ichkaridagi texnikalarni qo‘riqlang”, deb ichkariga kiritib qo‘yishdi. Ichkarida bekor yuramiz. Hayronman nega bunday mantiqsizlik qilishayotganidan”.

    “Korxona rahbari o‘z tanishlarini ishga joylashtiryapti”

    Korxona ishchilarining qo‘shimcha qilishicha, ilgari mavsum paytida korxonada 30–35 nafar kishi mehnat qilgan. “Barcha xodimlar ikki “smena”ga bo‘linib, g‘allani qabul qilardik, — deydi Shavkat Xushvaqtov. — O‘tgan yilgi mavsumda esa 14 kishi o‘sha paytda 35 nafar ishchi xodim bajaradigan ishni bajardik. Hamma o‘zidan o‘tganini o‘zi biladi. O‘sha paytda raisga kirib aytdik, “qo‘shimcha ishchi kuchi kerak” deb, ammo “o‘zinglar eplaysizlar”, deya ishchi olmadi”.

    Shavkat Xushvaqtovning iddaosiga ko‘ra, korxona rahbarining qarindoshlari deya taxmin qilinayotgan Azizbek Rajabov hamda Nurbek Ibragimovlar barcha xodimlar ko‘z o‘ngida korxonadan bo‘shatilgan ishchi xodimlar sifatida ketib, Yakkabog‘da doimiy ish bilan ta’minlangan.

    7 nafar mexanik va 8 nafar ishchi-xodimlarning ma’lum qilishicha, korxonadagi texnikalarning eng yangisi 1985-yilda ishlab chiqarilgan texnikalar bo‘lib, bugungi kun talabiga javob bermaydi. “Shu sababdan ham barcha ishni qo‘lda bajarishga majbur bo‘lamiz”, — deydi ishchilar.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Eng yomoni texnika bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga amal qilishga harakat qilamiz desak ham buning sira imkoni yo‘q, — deydi korxona ishchisi Alisher Qo‘ziyev. – Boisi, maxsus kiyim berishmaydi. So‘rasak, har xil bahonalarni aytishadi. Odatda har olti oyda maxsus kiyim olishimiz kerak. Lekin afsuski, bizga umuman kiyim berishmaydi. Xudo ko‘rsatmasinu, o‘zimizning xavfsizlik qoidalariga javob bermaydigan kiyimlarimiz bilan ishlayotgan paytimiz kiyimimiz eski texnikaga ilinib qolsa, kimdir yordamga kelguncha bo‘larimiz bo‘ladi-ku”.

    Alisher Qo‘ziyev.

    Alisher Qo‘ziyev.
    Foto: “Daryo”

    Korxona rahbari “Daryo” muxbirining oxirgi marotaba keltirilgan yangi texnikalar qaysi yili olib kelinganligi to‘g‘risidagi savoliga yangi rahbar bo‘lganligi sabab ham oxirgi marotaba keltirilgan texnikalar qaysi yili olib kelinganligini aniq aytolmasligini bildirdi. Ammo ishchilarning maxsus kiyim berilmayotganligi xususidagi iddaolarini rad etdi. Har olti oy, bir yilda ishchilarga maxsus kiyim berilishini bildirdi. Ishchilarning maxsus kiyim olganligini isbotlovchi biror bir hujjat taqdim etishlarini so‘raganimizda, “beramiz” deyishdi. Ammo belgilangan fursat o‘tsa-da, bunday hujjat taqdim qilishmadi.

    Korxona bosh ofisi nega Yakkabog‘ga ko‘chirildi?

    Korxona mexanigi Bahriddin G‘oyipovning shikoyat qilishicha rahbar, xodimning 15 yil muddatga ish haqi hisobidan uy olish uchun olgan kreditining qolgan 23 million so‘mini tez fursatda — mart oyiga qadar to‘lashi lozimligini talab qilayotgan ekan. Yo‘qsa, ishdan bo‘shatishini bildirgan.

    Korxona hududi.

    Korxona hududi.
    Foto: “Daryo”

    “23 millionni birdan to‘lab bering” degan talabni qo‘ymaganmiz, — deydi rahbar Erkin Ergashev. — Ammo oylik ish haqidan imkon qadar tezroq to‘lashlari lozimligini bildirganmiz. Faqatgina Bahriddin aka emas, 17 nafar xodim bilan o‘sha paytda noto‘g‘ri shartnoma tuzilib, uy olishi uchun kredit berib yuborilgan. Shuning evaziga katta qarzdorlik saqlanib qolgan”.

    Korxona rahbarining aytishicha, korxona bosh ofisining Yakkabog‘ tumaniga ko‘chirilishining boisi, korxonaning bug‘doyni qayta ishlovchi tegirmoni Yakkabog‘ tumanida joylashgan.

    “Ishlab chiqarish Yakkabog‘ tumanida bo‘lganligi sabab ham ishlarni nazorat qilish maqsadida 2018-yil iyul oyida bosh ofis manzilini o‘zgartirdik, — deydi korxona rahbari Erkin Ergashev. – Bundan bir necha yil ilgari Qamashi tumanida ham tegirmon qurilishi boshlab yuborilgan, ammo hujjatlari joyida bo‘lmaganligi sabab ham ish to‘xtab qolgan. Bugungi kunda qurilish ishini davom ettirish uchun katta mablag‘ kerak. O‘sha mablag‘ni Yakkabog‘ tumanidagi ishlab chiqarishimizga sarflasak, katta daromadga ega bo‘lamiz”.

    Foto: “Daryo”

    Erkin Ergashevning ma’lum qilishicha, ayni kunga kelibgina korxona o‘z xarajatini o‘zi qoplayapti. Endigina qarzdorliklar yopilgan.

    “Korxona o‘z mablag‘ini o‘zi topadi va o‘zi xarj qiladi, — deydi rahbar. — Shuning uchun bir so‘m pulni ham tejashga harakat qilamiz”.

    Qolaversa ishchi-xodimlar korxonaning o‘z fermasi bo‘lsa-da, korxona xodimlarga sut va qatiq mahsulotlari umuman berilmayotganidan shikoyat qilishmoqda. Korxona rahbari ishchilarning ushbu fikrlarini ham rad etib, korxona fermasida 55 bosh qora mol mavjudligini, ishchi-xodimlarga o‘z vaqtida sut va qatiq mahsulotlari berilayotganini, shuningdek har bayramlarda bepul go‘sht ham berilishini ma’lum qildi.

    “Mavsum paytida fermerlar g‘allasidan urib qolishadi...”

    “Nasaf omad” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Norqobilovning aytishicha, “Qamashi don qabul qilish” maskanida o‘tgan yilgi g‘alla mavsumida Toshtemir ismli tarozibon fermer g‘allasini o‘lchab olishda, tarozidan urib qolgan.

    Baxtiyor Norqobilov.

    Baxtiyor Norqobilov.
    Foto: “Daryo”

    “Taxminimcha 4 tonna g‘allamni tarozidan urib qolishdi, — deydi fermer Baxtiyor Norqobilov. – Keyin taroziga o‘lchab ko‘rilgan g‘allamni olib kelib, bu yerdagi taroziga tortganimizda 400 kilogramm kam chiqdi. Keyin bularning siri fosh bo‘lgach, menga 2 tonna g‘alla qo‘shib berishdi. O‘g‘rilik qilmasa, nega menga 2 tonna g‘alla qo‘shib berishadi? Faqat mendan emas, har bir fermerning g‘allasidan urib qolishadi”.

    “O‘tgan yili mart oyida 67 tonna g‘allani olib chiqib ketishga harakat qilishdi. Ruxsatnoma bo‘lmaganligi bois, darvozadan chiqarishga qarshilik ko‘rsatdim, — deydi korxona qorovuli Laziz Murtazoyev. – Shunda Zafar ismli ombor mudiri kelib, “men yukka boshim bilan javob beraman” deb g‘allani olib chiqib ketishdi. Keyin bilsak, olib chiqib ketilgan 67 tonna g‘allaning 11 tonnasini arpa deb hujjat qilishibdi. G‘allaga nisbatan arpa arzon turadi-da. Menimcha, bu yerda o‘g‘rilik borga o‘xshaydi”.

    Murojaatchilar shuningdek, 3 oy davom etadigan urug‘larni dorilash paytidagi ishlarda ham ish sharoitlari yaratilmaganidan shikoyat qilmoqda.

    “Urug‘lash paytida niqob yoki ko‘zoynak degan narsalar berilmay qo‘ydi, — deydi Alisher Qo‘ziyev. – Ilgari berilar edi. Yangi rahbar kelgach, yo‘q bo‘ldi shu narsalar. Haq-huquqimizni talab qilsak, eshikni ko‘rsatishadi “katta ko‘cha” deb. Agar ishdan bo‘shatilsak, nima qilamiz? Rossiyaga yoki Qozog‘istonga ketamizmi? Uyoqqa borish uchun ham biletga pul kerak, aslida”.

    2010 yildan beri ushbu korxonada ishlab kelayotgan Sayfiddin Baxtiyorovning ma’lum qilishicha, ishchilar oyiga 31 kun ishlashar ekan. “Mavsum paytida shanba va yakshanba degan gaplarni bilmaymiz, — deydi Sayfiddin Baxtiyorov. – Odatda ilgari yakshanba kuni ishlasak, tabelga yozilar edi. Endi yozilmay ham qo‘ydi. Bu degani biz yakshanba kuni tekin ishlab berayapmiz degani”.

    Foto: “Daryo”

    Ishchilar bilan suhbatlashib, ortga qaytar chog‘i o‘zini Azizbek Jovliyev deya tanishtirgan ishchi-xodim iymanibgina so‘z boshlar ekan, ota-onasidan erta ajralganini, ayni kunda ukasining oilasi bilan yashayotganini aytib o‘tdi. “Agar ishdan bo‘shatishsa, tirikchiligimiz nima bo‘ladi”, — deya umid ko‘zlari bilan boqqan ishchi xodimning savoliga javoban ko‘nglimizdan shunday gap o‘tdi: Korxona rahbariyati ko‘ra bila 17 nafar ishchisini ko‘chaga quvmas...

    22.02.2019, 15:40   Izoh (0)   35290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik darvozaga o‘zini osdi

    22.02.2019, 15:30

    Toshkent shahar Bioinspeksiyasi daraxtlar kesilishi yuzasidan qayerga murojaat qilish kerakligini aytdi

    22.02.2019, 15:18

    Markaziy bank 27-fevraldagi auksion savdolarida davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot berdi

    22.02.2019, 15:07

    Toshkentda o‘zini elektromontajchi deb tanishtirib, odamlardan pul yig‘uvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    22.02.2019, 14:34

    Maktab bitiruvchilari iqtidoriga qarab oltin va kumush medallar bilan taqdirlanadi

    22.02.2019, 14:12

    O‘zbekistonlik xattot Qur’oni Karimni ilk bor Samarqand qog‘ozida yozmoqda

    22.02.2019, 14:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53

    O‘zbekistonda 6-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 16:40

    Yevropa mamlakatlari Isroilga nisbatan sanksiyalar joriy qilishi mumkin — Bloomberg

    Dunyo | 5 iyul, 16:10

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    Dunyo | 5 iyul, 15:22

    Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazildi

    Dunyo | 5 iyul, 14:47

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.