Qozog‘iston 2018-yilda 512,3 million dollarlik 34,5 ming tonna kiyim-kechak import qildi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Qo‘shni davlatga eng ko‘p va eng arzon narxlarda O‘zbekiston mahsulot yetkazib berdi (10,1 ming tonna, 18, 4 million dollar) va bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2017-yilda yetakchi bo‘lgan Xitoyni (8,5 ming tonna, 83,5 million dollar) quvib o‘tdi.
Qolgan o‘rinlarda Rossiya — 6,2 ming tonna (158,2 million dollar), Turkiya — 4,6 ming tonna (98,5 million dollar), Bangladesh — 1,9 ming tonna (42,9 million dollar), Qirg‘iziston — 1 ming tonna (3 million dollar) va Eron — 228,7 tonna (133,9 ming dollar) qayd etildi.
Izoh (0)