Maykl Jeksonning oilasi HBO televizion tarmog‘idan 100 million AQSh dollari undirishni talab qilmoqda, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Hammaga “Neverlandni tark etib” hujjatli filmi sabab bo‘lgan.
Uning qahramonlari Ueyd Robson va Jeyms Seyfchuk bolalik chog‘ida Jekson ularni zo‘rlaganligini da’vo qilishgan. Ularning ikkisi ham avvalroq qo‘shiqchi tomonidan ta’qibga uchraganini inkor etgandi, biroq qo‘shiqchining o‘limidan so‘ng ular o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirgan.
Jeksonning oilaviy advokati, HBO 1992-yilda tuzilgan kelishuvni buzayoganini qayd etdi, unda telekanal “qo‘shiqchini kamsitmaslik” majburiyatini olgan.
Telekanal mart oyida hali ham tortishuvlarga sabab bo‘layotgan filmni namoyish qilishini ma’lum qilgan.
2005-yilda Maykl Jeksondan bolalarni zo‘rlash ayblovi olib tashlangan.
Izoh (0)