• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda neft-gaz va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-fevral kuni neft-gaz hamda kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Mamlakatda yoqilg‘i-energetika sohalarini uyg‘un rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirishda muhim omil bo‘lmoqda.

    Joriy yilgi Investitsiya dasturiga mazkur soha bo‘yicha umumiy qiymati 27,8 milliard dollarlik 26 ta loyiha kiritilgan. Prezident ushbu loyihalar bilan har kuni shug‘ullanib, ularning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

    Energetika va Moliya vazirliklariga “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi bo‘yicha 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalashtirish shartlarini belgilash, “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi bo‘yicha “Gazprombank”ning 300 million dollarlik krediti jalb qilish vazifasi yuklatildi.

    Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtanneftgaz va Gazlineftgaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, neft va gaz qazib chiqarish, geologik qidiruv uskunalarini sotib olish kabi loyihalarga talab etiladigan mablag‘larni mamlakatning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalashtirish lozimligi ta’kidlandi.

    Geologik qidiruv ishlari murakkab bo‘lgan hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Yig‘ilishda tizimda to‘planib qolgan debitor qarzdorlikni kamaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

    Tarmoqning eksport salohiyati tahlil qilinar ekan, bu borada faqat gazga bog‘lanib qolmasdan, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash asosida eksport hajmini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

    “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” rahbariyatiga tabiiy gazdan yuqori qo‘shilgan qiymatli polimer, polistirol, PET, sintetik kauchuklarni ishlab chiqarish konsepsiyasini tayyorlab, joriy yil may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan neft-gaz xalqaro konferensiyasida chet ellik investorlarga taqdimot qilish vazifasi yuklatildi.

    Yig‘ilishda “O‘zbekneftegaz” jamiyati tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tariflarni bozor tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish, neft bazalar va hududiy gaz ta’minoti xizmatlarini bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklik asosida, jumladan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini investorlarning ishonchli boshqaruviga berish bo‘yicha aniq choralar ham nazarda tutilishi kerakligi aytildi.

    Yig‘ilishda neft-gaz sohasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kimyo tarmog‘idagi ishlar ham tahlil qilindi.

    Kimyo sanoatini rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish maqsadida umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 33 ta loyiha belgilangan bo‘lib, bu yil 4 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

    Prezident kimyo sanoati yuqori rentabelli tarmoq ekanini ta’kidlab, 2019—2025-yillarga belgilangan istiqbolli loyihalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Jumladan, Qo‘qon superfosfat zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish, Yangiyer shahrida ammiak va karbamid zavodini barpo etish bo‘yicha investorlarni aniqlash vazifasi qo‘yildi. Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilishni tezlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish maqsadida sohani xususiy mulkchilik asosida rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

    – “O‘zkimyosanoat” rahbariyati bugungi dolzarb masalalardan kelib chiqib, faqat mineral o‘g‘itlar bilan shug‘ullanmasdan, sohani ko‘p tarmoqli tizimga aylantirish yo‘lida izlanishi kerak. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning turlarini ko‘paytirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashi zarur, – dedi davlat rahbari.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilar axborot berdi.

    21.02.2019, 19:41   Izoh (0)   22046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda maktab direktori 300 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

    21.02.2019, 19:33

    Surxondaryoda mingdan ortiq fuqaro bilan mehnat shartnomasi tuzildi

    21.02.2019, 19:20

    Andijonlik o‘quvchi qiz kungaboqarning yangi navini yaratdi

    21.02.2019, 18:28

    Ob-havo ma’lumoti: 22-fevral kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

    21.02.2019, 18:17

    Samarqandda bombani zararsizlantirish, tartibbuzarliklarni bartaraf qilish kabi mashg‘ulotlar o‘tkazildi

    21.02.2019, 18:06

    Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istonda 15 yoshli qizning guruh bo‘lib zo‘rlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

    21.02.2019, 17:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:35

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    UFC | 19 avgust, 14:35

    Malayziya shtatida juma namozini o‘tkazib yuborgan erkaklar qamoqqa olinadi

    Dunyo | 19 avgust, 14:30

    “Titanik” butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi: bir og‘iz gapi tufayli Mettyu Makkonahi Jek roliga tasdiqlanmagan

    Kino | 19 avgust, 14:15

    O‘zbekistonga Mo‘g‘ulistondan qo‘ylarning birinchi 37 tonnalik partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 13:53

    “Manchester Yunayted” Andre Onanaga o‘rinbosar topdi

    Sport | 19 avgust, 13:49

    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

    Reklama | 19 avgust, 12:00

    Norvegiya valiahd malikasining o‘g‘li 32 ta jinoyatda ayblandi

    Dunyo | 19 avgust, 13:27

    Tesla’nikidan 2 barobar kuchli: Xitoy olimlari yangi avlod litiy-metal batareyasini yaratdi

    Dunyo | 19 avgust, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.