Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tashkil etilgan nazorat tadbirida fuqaro O.D davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Uning 9 turdagi, jami qiymati 72 million 290 ming so‘mlik pishiriq va shirinliklar uchun mo‘ljallangan qutilari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.
— Afsuski daromad olishga aqli yetgan, ammo faoliyatini qonuniylashtirmagan uddaburon “tadbirkor”lar hamon uchrab turibdi, — deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi Salim Mamatqulov. — Fuqaroga faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha huquqiy maslahat berildi.
Izoh (0)