Toshkentga Qozog‘iston orqali tranzit gaz kelishni boshladi. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.
2018-yil oxirida “O‘ztransgaz” va “KazTransgaz” ilk bor Toshkent iste’molchilari ehtiyojini qoplash uchun 1 milliard kubometrgacha o‘zbek gazini Qozog‘iston hududi orqali yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishgandi.
“Yanvarda tarixda birinchi bor Toshkent gaz ta’minoti uchun tranzit taqdim etdik. Tranzit tariflari ming kub metrga 2,9 dollarni tashkil etadi. Bu o‘zaro kelishuv asosida, chunki Qozog‘iston ham o‘zining janubiy hududlarini o‘zbek tranziti orqali ta’minlaydi”, — dedi vazir.
Izoh (0)