Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

19-fevraldan boshlab Qozog‘iston o‘z hududiga O‘zbekistondan anor mevasini olish kelishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

Sababi — so‘nggi paytlarda inspektorlar bunday mevalarda zararkunandalar, jumladan, Komstok qurti borligini aniqlagan.

Jumladan, shu yilning so‘nggi oyida O‘zbekiston hududidan karantin obyekti — Komstok qurti bilan zararlangan anor olib kelish bilan bog‘liq ikkita holat aniqlangan.

Ma’lumot uchun, Komstok qurti (Psiudococcus comstocki Huw.) koksidiyalar kenja turkumiga kiradigan hasharot bo‘lib, ichki va tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Sababi tanasi oq mumsimon parda bilan qoplangan ushbu qurt o‘simliklarning tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, g‘uncha, gullari, mevalariga zarar yetkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Yuz terisiga zarar yetkazadigan 5 ta mahsulot
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston va Navoiyda pul evaziga “prava” olish imtihonidan o‘tkazishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi
Mahalliy
Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi