Tadbirkorlik subyektlariga jismoniy shaxslarning yengil avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqining to‘liq berilishi 2021-yil 1-yanvargacha kechiktirildi, deb yozadi “Gazeta.uz”. O‘zgartirishlar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 15-fevraldagi qarori bilan kiritildi.
2017-yil 22-dekabrdagi hukumat qarori bilan, 2018-yil 1-yanvardan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining jismoniy shaxslarning yengil avtotransport vositalarini (yuk, yo‘lovchi va maxsus transport vositalaridan tashqari) majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish funksiyasi bosqichma-bosqich, 2019-yil 1-yanvardan to‘liq tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga topshirilishi rejalashtirilgan edi.
Qarorda, shuningdek, transport vositalarining texnik holatini baholash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashadigan bino va maydonlar uchun talablar ham tasdiqlangan.
Izoh (0)