12-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha OChLning ikkinchi saralash bosqichida navbatdagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida Dushanbening “Istiqlol” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq Tojikiston klubi tezkor gol urdi. Unga Muhammdjon Rahimov mualliflik qildi (1:0). 25-daqiqada Dilshod Jo‘rayev Jasur Hasanovning uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).
2-bo‘limning 62-daqiqasida Bahtiyor Qalandarov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Jalil Kimsanov bosh bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Oradan 10 daqiqa o‘tib San’at Shixov ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (2:2). 78-daqiqaga kelib Jasur Hakimov jamoasini oldinga olib chiqdi (3:2). 82-daqiqada esa Zafar Polvonov jamoasining 4-goliga mualliflik qildi. Qizig‘i, uchrashuvda olmaliqliklarning barcha gollariga uzatmalarni Jasur Hasanov berdi.
Shu tariqa Olmaliq klubi “Istiqlol”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi va saralashning 3-bosqichiga chiqdi. Endi ular 19-fevral kuni Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan Chempionlar Ligasi “A” guruhiga chiqish uchun kurash olib boradi.
OChL—2019
Ikkinchi saralash bosqichi
12-fevral, seshanba
OKMK—“Istiqlol” 4:2
Gollar: 0:1 — 2 Rahimov, 1:1 — 25 Jo‘rayev, 1:2 — 62 Qalandarov, 2:2 — Shixov, 3:2 — Hakimov, 4:2 — 82 Polvonov.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)