10-fevral kuni Afg‘onistonning turli hududlarida IShID terroristik guruhi va “Tolibon” harakatining kamida 30 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Nangarxar viloyatining Xojani tumanida amalga oshirilgan aviahujum natijasida ikki nafar IShID jangarisi o‘ldirilgan, yana yetti nafari Gilmend viloyatining Vasher uyezdida va Balx viloyatining Shamtal uyezdida amalga oshirilgan harakatlar natijasiga yo‘q qilingan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, G‘azna viloyatida to‘rt nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Afg‘onistonning maxsus tayinlangan kuchlari tomonidan Tarinkot shahrida “Tolibon” vakilining 13 nafari o‘ldirilgan va ikkita portlash apparatini yo‘q qilgan.
Kunar va Paktiya viloyatlarida ham yana to‘rt nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilingan.
Tinch aholi va xavfsizlik kuchlarining halok bo‘lgani haqida ma’lumot keltirilmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)