AQSh Suriyadagi 2 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchisini yaqin orada olib chiqishni boshlaydi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligiqo‘mondoni Jozef Votel ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Gap yaqin haftalar haqida ketmoqda. Barchasi Suriyadagi operativ vaziyatga bog‘liq”, — dedi general.
Votelning aytishicha, “askarlarni olib chiqish texnikani qaytarishdan ko‘ra osonroq” va hozirda mintaqaga qo‘shimcha tashlangan kuchlar yordamida aynan harbiy texnikani olib chiqish bilan bog‘liq vazifa bajarilmoqda.
Izoh (0)