9-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha APLning 26-turida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Bornmut”ga qarshi kechgan o‘yinda 48-daqiqada gol urdi va Luis Suaresning natijasini takrorladi, deb xabar beradi “Football.ua”.
Misrlik ketma-ket ikki mavsumda 20 tadan ko‘p gol urish bo‘yicha urugvaylik hujumchidan keyin ushbu natijani qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Saloh joriy mavsumda 20 ta gol urdi (34 ta uchrashuv), o‘tgan mavsumda esa 44 ta gol urgandi (52 ta o‘yinda).
2012/13-yilgi mavsumda Luis Suares 30 ta (44 ta uchrashuv), 2013/14-yilgi mavsumda esa 31 ta gol urgandi. (37 ta bahsda).
Suares “Liverpul” tarkibida umumiy hisobda 133 ta o‘yinda maydonga tushib, 82 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan(4 ta mavsum). Saloh esa 86 ta uchrashuvda maydonga tushib, 64 ta gol urdi (2 ta mavsum).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)