Kutaisi apellyatsiya sudi O‘zbekiston fuqarosi Sayyora Mirboboyevaga nisbatan chiqarilgan 4 yoshli qizni o‘ldirganlik uchun muddatsiz qamoq haqidagi birinchi instansiya qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Qotillik 2018-yil 14-iyunda ro‘y berdi. Tergovga ko‘ra, Mirboboyeva boshqa davlatda bo‘lgan dugonasining bolasini o‘lasi qilib kaltaklagan. Oxirgi paytlarda qizga aynan u qarayotgan edi. Bolaning jasadini politsiyaga Mirboboyevaning o‘zi olib borgan.
Sud eshituvlari davomida Mirboboyevaning advokati himoyasi ostidagi shaxs hatti-harakatlari uchun javob berolmasligini ta’kidlashga urindi, biroq ekspertiza ayol jinoyat sodir etilgan paytda ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lganini ko‘rsatdi.
Batumi shahar sudi 2018-yil oktyabrida O‘zbekiston fuqarosini maksimal jazo — muddatsiz hibsga hukm qilgandi. Gruziyada bunday jinoyatlar uchun jazoning eng kam muddati 16 yil qamoqdan iborat.
Izoh (0)