2018-yil oktabrdan boshlab Fransiyaning barcha hududlariga tarqalgan gripp epidemiyasi hozirgacha 1100 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qildi.
“Grippning tarqalishiga oid barcha ko‘rsatkichlar, ya’ni shifokorlar maslahati, favqulodda vaziyatlar bo‘limlariga borish, kasalxonaga yotqizishlar soni ortib bormoqda. O‘tgan haftada gripp sababli favqulodda yordam bo‘limiga keltirilgan 12000 nafar bemorlar orasidan 1800 dan ortig‘i shifoxonaga yotqizilgan,” — deb yoziladi Santé Publique France milliy sog‘liqni saqlash organi hisobotida.
Kasalxonaga yotqizilgan eng katta guruh 75 yoshdan kattalar bo‘lib chiqdi (43%). Ulardan keyin besh yoshgacha bo‘lgan bolalar turibdi (15%).
Izoh (0)