Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerika kinoakademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan bu yilgi “Oskar” mukofoti so‘nggi 30 yil ichida ilk bor boshlovchisiz o‘tadi, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Foto: Posta-Magazine

Foto: Posta-Magazine

Ushbu qarorga mukofot prodyuserlari kelgan.

Tadbir tashkilotchilari mukofotning natijalarini e’lon qilishni marosimda qatnashadigan kino yulduzlariga topshirishga qaror qilgan.

“Bu marosimni uch soatga qisqartirishning eng yaxshi yo‘li”, — deydi ABC Entertainment prezidenti Byork.

O‘tgan yili Amerika kinoakademiyasi 2019-yilda mukofot marosimining juda uzoq bo‘lmasligini va’da qilgan.

“Oskar”ning taqdimot marosimi oxirgi marotaba boshlovchisiz 1989-yilda bo‘lib o‘tgan.

O‘shanda kirish monologi o‘rniga marosimda 11 daqiqali musiqiy sahna namoyish etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi