Amerikaning Milliy Atrof-muhit to‘g‘risidagi ma’lumot Instituti olimlari Yerning shimoliy magnit qutbi yiliga 55 kilometr tezlikda harakat qilayotganligini aniqladi, deya xabar beradi “RBK”.
U Kanadaning shimoliy hududlaridan Sibir tomonga harakatlanmoqda.
Odatda, olimlar Yer magnit maydonidagi o‘zgarishlarni har besh yilda bir marta e’lon qiladi.
Bu haqidagi xabar yil oxirida chop etilishi kerak edi.
Biroq, Arktikadagi jiddiy o‘zgarishlar ular haqida majburiy ravishda oldindan xabar qilishga olib keldi.
Guardian nashri 2000-yilda ko‘chish tezligi yiliga qariyb 15 kilometr bo‘lganligini ko‘rsatadi. 18 yil mobaynida u uch martaga oshgan.
Bu sayyora yadrosining tashqi suyuqlik qobig‘idagi faolligi tufayli sodir bo‘lgan. Shuningdek, bu holat qisman iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yer magnit maydonining joyini o‘zgartirishi navigatsiya vositalarini sozlash, harbiy va fuqarolik samolyot va kemalar xavfsizligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Smartfonlar va GPS-navigatorlar bo‘yicha ilovalar ham sozlashni talab qiladi. Buning ustiga bu faqat Shimoliy Muz okeaniga yaqin joylarga tegishli emas.
Olimlar Yerning janubiy magnit qutblari ham joyini o‘zgartirayotganini ta’kidladi, lekin uning harakat tezligi ancha past.
Izoh (0)