Xitoylik fuqaro yuragidan tish kavlagichni olib tashlash operatsiyasini boshdan o‘tkazdi, deb yozadi Daily Mail.
Voqea 9-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Biroq u haqda batafsil ma’lumot endi ma’lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, u spirtli ichimlik ichish vaqtida “o‘tkir narsa” yutib yuborgan.
Chjou familiyali 29-yoshli mijoz 40 harorat isitma bilan kasalxonaga yotqizilgan. Tekshiruvlar davomida shifokorlar bemor yuragidagi o‘ng o‘pkasida notabiiy soya va yurak sohasida yallig‘lanishni aniqlagan.
Operatsiya paytida jarrohlar yurak kamerasidan birida olti santimetrlik tish kavlagichni topgan. Taxminlarga ko‘ra, u nafas yo‘llariga kirgan va o‘ng o‘pka devorini teshib o‘tib, yurakka sanchilgan.
Bemor ichimlikka doim tish kavlagich solishini tan olgan. U sog‘lig‘i yomonlashganini to‘rt yil avval sezgan va shu vaqtdan boshlab davolash uchun taxminan 22,7 ming funt sterling sarflagan. U doim o‘pka yallig‘lanishi va yuqori haroratdan aziyat chekkan, lekin shifokorlar unga to‘g‘ri tashxis qo‘ya olmagan.
Izoh (0)