• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Komil Allamjonovdan heshteg. Yerga yetib kela olmagan asteroid. Ijtimoiy tarmoqdagi trendlar

    Internetda nima gap, Facebook, Twitter, Telegram’chilar hafta so‘ngida qanday mavzularni muhokama qildi? Bu haqda navbatdagi dayjestimizda o‘qing.

    Komil Allamjonovning internet ahli bilan muloqoti

    Hafta so‘ngidagi asosiy masala Komil Allamjonovning posti bo‘ldi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusidan so‘ng O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbari Komil Allamjonov o‘z Facebook-sahifasida unga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi va uni #hasadgiybatigvoboshgabalo heshtegi bilan begiladi.

    KOMIL ALLAMJONOV

    Ortiqxo‘jayev haqida o‘qiyapman. Hokim bo‘lganigayam pushaymon qilib yuborishdi. Oson emas rahbar bo‘lish. Tashqaridan, ayniqsa anonim akkaunt orqali yomonlash eng osoni. Hokim mayli, o‘zingchi o‘zing, nimani qotirib qo‘yding? Hamma dono. Insof bersin hammamizga! #hasadgiybatigvoboshgabalo

    Bu post tagida Facebook’dagi deyarli barcha mashhur blogerlar ta’na-dashnomlarini yozib tashladi. Izohlarni va ularga bosiqlik bilan javob berayotgan O‘zMAA rahbarlarining fikrlarini o‘qib, ijtimoiy tarmoqda sog‘lom bahs-munozara maydoni hosil bo‘lganini ko‘rib xursand bo‘ldik. Muhimi, har kim o‘z fikrini bildirmoqda.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Facebook foydalanuvchilaridan biri qo‘ygan posti ikki tomonning farqini ko‘rsatadi. Nima ham derdik, hammaning o‘z xohish-istak, orzusi bor; kimdir Shimoliy muz okeaninini orzu qilsa, kimdir ehromlarni ko‘rgisi keladi…

    * * *

    Guli Ra

    Turli standartlar

    Bor-yo‘g‘i 18 kun O‘rta Osiyoda sayohat qilish uchun ikki kishiga 13 000 dollar to‘layotgan turistni ko‘rib hayotdan xafa bo‘lib ketdim. Men bu pulni topish uchun deyarli bir yil mehnat qilishim kerak. Shunda ham topganimni bir tiyin ham sarflamasdan yig‘samgina to‘play olarkanman.

    O‘zbek 13 000 dollarga nimalar qilgan bo‘lardi?

    1. Misoldagi o‘zbegimizning o‘z uyi bo‘lmasa, biror tumandan yoki shahar (Toshkent emas) chetrog‘idan uy olardi.

    2. Farzandi Diplomatiya universitetida o‘qisa, kontraktining to‘rt yilini ham to‘lab, qolgan 10–15 millionga yana mol-qo‘y boqib, foyda ham ko‘rardi.

    3. Bo‘yi yetgan qizini egasiga topshirib yuboray deb hamma pulni sarpoga sarflab, buning ustiga qarz ham olardi.

    Nega o‘zbek 18 kunga shuncha pul sarflay olmaydi, bilasizmi? Uy olishga, to‘yga sochishga yoki befoyda, lekin qo‘shnilar nazdida obro‘li ta’limga sarflagani uchun bo‘lsa kerak.

    Boshqa tomondan, o‘zbek chiroyli avtoraqam yoki GM’ning o‘rtacha mashinasini sotib olishga bundan ancha ko‘p sarflay oladi. Obro‘ni qarang.

    Yumoristik suratlardan biri: diskni har safar ishlatgach yana joyiga tikib qo‘yish yoddan chiqmasin.

    Muhammad Temur A’zam

    Photo: Facebook

    Photo: Facebook

    innovatsion yechim.

    Asteroid — kelishimni kutganlaram ko‘p

    10–15 kundan buyon kimdir hazillashib yoki uyqusirab va yoki kayf holatda tarqatvorgan 1-feval kuni Yerga ulkan asteroid urilib, olam tugaydi, degan xabari o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib bearmon tarqadi. Ayniqsa Telegram’da. Ba’zi birovlar bunga ishongan bo‘lsa-da, ko‘pchilik, albatta, bundan hajv uchun foydalandi. Xususan, 1-fevral kuni odamlar bir-birlariga hazil postlar qo‘yib ulashdi. Kelmagan “mehmon” haqidagi postlardan keltiramiz:

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Telegram’dagi @uztwit kanali:

    Hurmatli Yer sayyorasi ahli, boshqa sayyorada soqqali ishim chiqib qolgani uchun 1-fevral kuni sizlarda mehmon bo‘lmaydigan bo‘ldim, biror milliard yillarda qarib qolmasam qaytarman. Sizlarga tinchlik va xotirjamlik tilab hurmat ila asteroid.
    Shaydoi Jannat
    Bir tanishim 1-fevral kuni oxirzamon bo‘ladi deb, yanvarning boshidan boshliqlarini haqorat qilib, ichidagi alamlarni chiqarib ishdan ketibdi; bankdan kredit olib, pullarga mazza qilib yeb-ichib, hayotni gashtini suribdi; hazil-huzul qilib, mashinani o‘qday haydab, shahar trassalari kameralariga 21 marta tushibdi...

    “Oxirzamon”ni “otmen” qilishganini bilgach, ancha-muncha xafa bo‘ldi.

    Xullas, shunaqa gaplar )))

    Navbatdagi post doimiy tanqid markazida turuvchi “pasport stol”lardagi ijobiy o‘zgarishlar haqida
    Bekzod Ibragimov

    O‘sish bor, o‘zgarish bor

    Bugun vaqtinchalik propiskamning vaqtini uzaytirish uchun IIBga bordim. Hech qanday ortiqcha hujjatlarsiz, ovoragarchiliksiz yarim soatga qolmasdan hal qilib berishdi. Hatto ijara shartnomasini ham so‘ramadi. Yana avvalgidek olti oy emas, bir yil muddatga uzaytirishdi. Toshkentda qariyb yetti yildan beri yashab, o‘n martadan ko‘p vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish uchun murojaat etgan bo‘lsam, birinchi marta shunchalik tez bitishi. Bo‘larkanku odamlarni 10–15 kunlab sarson qilmasa...

    O‘ylaymanki, yaqin orada bu qog‘ozbozlik ham barham topadi. Mamlakatimiz poytaxtida ham xuddi o‘z uyimizda yurganday, bemalol yashay boshlaymiz. Uy olish, tadbirkorlik qilish va boshqa-boshqa huquqlarimizga qo‘yilgan cheklovlar bekor bo‘ladi. Vaqtinchalik propiskani boshqa uzaytirishga hojat qolmaydi, deb umid qilib qolaman!!!

     
    Mubashshir Ahmad

    Ayollardan biri aytadi: Facebook’da erim o‘zini shu darajada ideal tutadiki, yozganlarini o‘qib, gohida uning xotini bo‘lgim kelib ketadi.

    Davrani kengroq oling, Twitter’chilarga navbat:

    Сан куй гушти ейсанми?
    Йук.
    Мол гуштичи?
    Йук.
    Баликчи?
    Йук.
    Вегетарианмисан?
    Йук, камбагалман.

    — mamurjon (@mamriniio) January 31, 2019

    Twitter olamida mashhur qiziqchi o‘z sahifasini yurgizib (feyk emas, degan umiddamiz), o‘zining hazillarini qo‘yib bormoqda. Ulardan birini keltirmoqdamiz. Demak, Avaz Oxundan hazil tvit:

    https://twitter.com/Avaz_Oxun/status/1091010202256723968

    Bugungi dayjestimizni Madina Nurman Telegram-kanalidagi mulohazaga tortuvchi post bilan yakunlaymiz:

    Jamiyatimizning bor mantig‘i.

    Boy odamni yuqori mansabga qo‘yishdi:

    - Lobbist! Xalq o‘g‘risi!

    Oddiy odamni yuqori mansabga qo‘yishdi:

    - Bo‘lajak korrupsioner!

    Qandaydir qonun chiqdi:

    - Tili yo‘qmi? Tushuntirsin!

    Tushuntiryapti:

    - Mahmadona! O‘zini oqlayapti!

    Mansabdan ketdi:

    - Ana! Aytmaganmidim, aybi bor!

    OAVda ko‘rinmay qoldi:

    - “O‘tiribdida”.

    OAVda ko‘rinib qoldi:

    - Nimadir borda bu yerda, bekorga qaytmagan.

    Ijtimoiy hayot ummonidagi hodisalarni “Daryo”da kuzatishda davom eting.

    04.02.2019, 19:02   Izoh (0)   33961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi uyda yuz bergan yong‘indan keyin 2 yoshli bolaning kuygan jasadi topildi

    04.02.2019, 18:46

    Muborak tumanining Xitoy qishlog‘idagi saylda bir tonna osh damlandi

    04.02.2019, 18:39

    IIBB sportchi Murod Xonto‘rayevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar to‘g‘risida ma’lumot berdi

    04.02.2019, 18:33

    5-fevral kuni O‘zbekistonda kuchli shamol va qor kutilmoqda

    04.02.2019, 18:20

    Rog‘un qurilishida 2018-yilda 6 kishi halok bo‘ldi

    04.02.2019, 18:18

    Toshkentda Belarus va O‘zbekiston texnika universitetlari hamkorligida texnopark tashkil etiladi

    04.02.2019, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31

    Nima uchun bolalar orasida erta balog‘atga yetish holatlari ko‘paymoqda?

    Farzand | 8 avgust, 15:30

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.