Moskva markazida joylashgan Nikita xiyobonidagi 7 qavatli uyda ro‘y bergan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yong‘in 750 dan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonni qamrab oldi. Binoning beshinchi va oltinchi qavatlari oralig‘i qulab tushdi.
Yong‘in hozirda to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bino 1914-yilda qurilgani va Moskvaning qadimgi inshootlari sirasiga kirgani aytilmoqda.
Izoh (0)