Pekin Vashington bilan muzokaralarning oxirgi raundida o‘zaro savdodagi tafovutni qisqartirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Xitoy kommersiya vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Shuningdek, Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va energiya resurslari importini ko‘paytirishga tayyor ekanligini bildirgan.
Savdo tafovuti, intellektual mulk huquqini himoya qilish muammolari, tariflarga bog‘liq bo‘lmagan to‘siqlar muzokaralarning asosiy mavzulari bo‘ldi. Kelgusi muzokaralar jadvaliga aniqlik kiritildi.
Ma’lumot uchun, oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonlar 1-martga qadar savdo kelishuvini imzolamasa Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi bojlarni joriy etish bilan tahdid qilgandi.
Izoh (0)