Dushanbeda quriladigan ilk metro liniyasi “osma” ko‘rinishda bo‘lib, shaharning janubiy darvozasini shahar sirki bilan bog‘laydi, deb xabar berdi ASIA-Plus.
Rejasiga ko‘ra, poytaxt osma metrosining birinchi liniyasi 2040-yil so‘nggida ishga tushiriladi.
Bugungi kunda poytaxt rasmiylari bo‘lajak Dushanbe metrosining yer osti uchastkalarini qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Mutaxassislar metroning yer osti liniyasi qurilishida qanday muammolar va to‘siqlar yuzaga kelishi mumkinligini o‘rganmoqda”, — deb ta’kidlagan poytaxt ma’muriyati.
Dushanbedagi metro Markaziy Osiyodagi uchinchi metro bo‘ladi. Bugungi kunda metro Toshkentda va Olmaota shahrida bor. Bishkekda ham metro qurish rejalashtirilgan.
Toshkent metrosi 1980-yilda qurilgan, Olmaotadagi birinchi metro liniyasi esa 2011-yilda ishga tushirilgan.
Izoh (0)