Mamlakat noto‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda deb hisoblayotgan Rossiya aholisi ulushi 45 foizga yetdi. “Levada-sentr” so‘rovi natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Meduza.
Bu oxirgi 12 yil davomidagi maksimum ekanligi bildirilmoqda.
So‘rov ishtirokchilarining 42 foizi Rossiya to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganiga ishonadi. Respondentlarning 13 foizi mazkur savolga javob berishga qiynalgan.
Izoh (0)