Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida hindistonlik ekspert J.Partasarati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U Toshkent shahrida texnopark yaratish bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qilingan, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.
Hindistonda ma’lumotlarni boshqarish markazlari, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha inkubatsiya markazlari singari yirik davlat loyihalari J.Partasarati rahbarligida amalga oshirilgan. U uzoq vaqt Bangalordagi texnoparkni ham boshqargan. Hozirgi paytda Hindistonda IT-parklari bo‘yicha maslahatchi hisoblanadi.
Hindistonlik ekspert O‘zbekistonda texnopark yaratilishi va uning muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun zarur bo‘lgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.
Izoh (0)