Munitsipalitet ishlari bo‘yicha Saudiya Arabistoni Vazirligi korrupsiya ishlariga aralashgan 126 nafar mansabdor shaxsni ishdan bo‘shatgan, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Ishdan bo‘shatish qirollikning 15 ta shahrida yuz bergan, xususan ar-Riyodda ham.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Muhammad bin Salmon tomonidan boshqarilayotgan Saudiya Arabistonida keng miqyosdagi antikorrupsiya kampaniyasi boshlangan.
Uning doirasida yuzlab tadbirkorlar, siyosatchi va qirollik oilasi a’zolari qo‘lga olingan.
2018-yilning mart oyida qirollik hukumati korrupsiya bo‘yicha hibsga olingan shahzodalardan g‘aznaga 100 milliard AQSh dollar mablag‘ qaytarib olgan.
Izoh (0)