29-yanvar kuni Jibuti qirg‘og‘ida migrantlar bo‘lgan ikki kema halokatga uchrashi oqibatida 130 nafardan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv ishlari natijasida ikki nafar tirik qolgan va besh nafar halok bo‘lgan shaxslar topilgan.
Qayd etilishicha, portdan yo‘lga chiqqan kemalar 30 daqiqa o‘tgach ag‘darilib ketgan. Mahalliy aholining aytishicha, bu kuchli to‘lqinlar oqibatida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)