O‘zini muvaqqat prezident deb e’lon qilgan Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydo 27-yanvar kungi jonli translyatsiya paytida mamlakat aholisini yana tinch namoyishlarda ishtirok etishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u odamlarni o‘z uylari va ishlarini tashlab, 30-yanvar, chorshanba kuni va 2-fevral, shanba kuni rejalashtirilgan mitinglarda qatnashishga undagan.
Shuningdek, hafta oxirida Venesuelaning har bir burchagida va butun dunyo bo‘ylab norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirgan.
Guaydo Venesuelaning amaldagi prezidenti etib Nikolas Maduroning saylanishi qonuniyligi yuzasidan bahslashishda davom etmoqda.
Izoh (0)